UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Havaskor shoir. She'rlar mualliflik asosida yozilgan. Shaxsiy fikrlar va shaxsiy dunyo qarash. Telegram : https://t.me/ElmurodXamroyev

Translation is not possible.
ONAJON
Bugun senla bo'lgan masofa yiroq,
Qalbimga o't qalar sog'inchli firoq.
Naxotki dunyolarga qalbim o'rashdi ?!
Dunyoning zarlariga qalbim adashdi ?!
Nafsimdan qochib xech qutulolmadim,
Bir bora poyinga bukulolmadim.
Mol dunyo dastidan bo'lib darbadar,
Sendan olislarda ovunolmadim.
Naqadar razilman, naqadar tuban,
Dunyoning zebiga yotib yuztuban.
Makon izlaganda manzilim adash,
Yo'limni yo'qotdim, yo'llarim chalkash.
Men seni unutmadim volidaginam,
Xayollarim o'ralgan ipsiz tuzoqda.
Duo qil Allohga munisaginam
Jonimni olmasin sendan uzoqda.
Munisim, mehribonim duo qil meni,
Duolari ijobat, qalbi nurimsan.
Boshimga qilich ursin roziman, seni
Bergan mehrlaringni unutsam agar.
Taqdirni qaraginki qo'yib masofa,
Senla birla mening sabrimni sinar
Qalbim sovuqlardan muzlagan rosa,
Faqat sening mehringdan qalbim isinar.
Xech kim bo'la olmas sendek mehribon,
Xush ovoz, so'zlaringni go'zal sehri bor.
Dunyolarga alishmasman bosgan izingni,
Bosgan izlaringda ham Jannat izi bor.
Ko'zlarimdan shash qator yoshlar otilar,
Qalbimni sog'inchlar yoqib kul qilar.
Seni sog'inganim yolg'iz Rob bilar,
Onajon sen tomon yo'lga otlandim.
Bormog'im bilmam kech, bilmam ertadir.
Ammo bu yo'llarim senga eltadir.
Sabr qil mushtipar mehribonginam,
Oz fursatda bag'ringa shodlik yetadir.
Bag'ringni sog'indim, quchib, erkalash,
Kel bolajonim deya boshimni silash.
Katta bo'lsam hamki yoshdek avaylash.
Onajon sog'indim mehringni bugun.
Dunyoda xech kim yo'q, o'rning bosuvchi.
Go'zallar ko'p ekan ko'nglim oluvchi.
Dunyoda necha ming go'zallar bo'lsa,
Ishon menga, sen ulardan ancha go'zalsan.
Ishon, sening xusning oydan go'zalroq,
Xusningni madx etib yozsam kitoblar
Dengiz siyoh bo'lar, osmon oq varoq
Shunda ham tarifingni sig'diraolmayman.
Sarvari koinot bergan maslaxat,
Sening roziling Jannatga yo'ldir.
Onajon berasanmi rozilik dasxat ?
Balkim arzimasman roziliginga ?!
Ammo qalbimda qo'rquv tig'i bor,
Yuragimni tilkalar, kunda yuz ming bor.
Dunyoning dunyosiga sevinchim bekor,
Allohning azobidan qo'rqoqligim bor.
Onajon Jannatni istadi o'g'ling,
Ammo ammallari yetmas Jannatga.
Poyoni tugasa og'ritma ko'ngling,
Poyingdan izladim Jannatni ona.
Muallif: Elmurod Xamroyev ✍️
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
G'azoda xar kuni terakt bo'lyabdi.
Va hozirgi Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyatida bo'lgan birgina terakt nafaqat Rossiyani, Rossiyaga qo'shib Orta Osiyodagi, va Yevropadagi davlatlarni ham jumbushga keltirdi.
Orta Osiyo ijtimoiy tarmoqlardida kechagi kundan boshlab teraktga aloqador video va foto lavhalar tarqalmoqda.
Eng alam qilgani Falastinda xar kuni terakt bo'lmoqda va eng kam deganda 50 dan ziyod bolallar, ayollar o'lmoqda. Ammo bu Falastindagi terakt xechkimni xavotirga ham solmayabdi, xechkimni qayg'uga ham solmayabdi.
Agar buni so'z bilan ifodalash lozim bo'lsa bu musulmonlarni o'z diniga, dindoshlariga, aka uka, opa singillariga nisbatan ochiq oshkora xoinligi bo'ladi.
Shaxsiy fikir.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
***
Inson, insoniyatdan jirkanar ekan
Ishonmasangiz keling, so'zlab beraman
Nafsiga qul bo'lgan zohiri go'zal
Taqvoli yigitlardan so'zlab beraman.
Tunda nomahramga qo'ng'iroq qilib
Xolini so'rarmish, olib xavotir.
Ul go'zal xam javob qilar ekan noz qilib.
Bilmadim qalblariga tushganmikan kir.
Bir biriga Qurondan oyatlar o'qib
Solihim, soliham deya erkalab.
Nafsiga yoqgan bir xadisni to'qib,
Ko'rsatarmish o'zlarini pokiza qilib.
Men xam o'qigan edim o'shal Qu'ronni
Alloh yaqinlashmang zinoga degan.
Maquldir bir nomaxram qo'lin tutguncha,
Boshingizga temir qoziq qoqilganidir.
Xa aytgancha uhliylar jamoasi bor
Tishlaysiz yoqangizni xayratdan shu xol,
Tarmoqlarda mashxur bo'lgan uhtishkalar-u
Muvahhida, soliha, muslimalar bor.
Tarmoqlarda raqsga tushar, qo'yib nashida
Qo'shilib raqsga tushar shayton qarshida.
Suratga tushadi qiliblar ko'z ko'z
Tanasiga yopishgan kiyimi ne so'z ?
Yana bor bir toifa do'st edi nomi.
Yoningizda gaplaringiz maqullar doim.
Ketsangiz g'iybatingiz ochilar koni
Bemani, betasir, befoyda u do'st.
Moddiy manfa'at uchun qurilgan do'stlik
Topolmaysiz boshingizga kelsa yo'qchilik.
Topib kelar boshingizga qo'nsa baxt qushi
Bir do'st emas, bo'lib kelar juda ko'pchilik.
Ey do'stim atrofga bir nazar soling
Yoningizga xaqiqiy do'stlarni oling
Insoniylik doirsin buzgan kishini
Tark qiling, shunchaki o'z xoliga qo'ying.
✍️Muallif:Elmurod Xamroyev
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Kaktusim.🌵
Bugun xijarat istab chiqdim yo'lingga
Bu ko'zlar mushtoqdir sening yo'lingga
Istasang yuragimni uzib beraman,
Xechkim ushlolmagan nozik qo'linga.
Bugun fath qo'shig'in aytmog'im lozim
Qalbingni fath etib kuylayin mudom.
Magarki rad etsang chiqmas ovozim
Balkim so'ngi nafas xam tugardir shu dam
Kimlardir xaridor yaproqli gulga
Kimlardir xushovoz, go'zal bulbulga
Men esa hayolparast, sal telbanamo
Onasiga erka bo'lgan tikonli gulga.
Yoshim xam chorakni qoralab qoldi
Bu ko'zlar seni kutib charchoqdan toldi.
Ishonsang bu ko'ngil xam xastalab qoldi
Onasiga erka bo'lgan tikonli gulim.
Kaktus misol qalbiga nurlar o'ragan
Robisidan xayo qilib ro'mol o'ragan.
Tunda bedor taxajudda Jannat so'ragan,
Onasiga erka bo'lgan tikonli gulim.
Kel endi duolari ijobat nurim
Taxajudda qalbinga so'ragin yo'lim
Ko'rmasamda fath etding, qalbimni gulim.
Onasiga erka bo'lgan tikonli gulim.
Taqdirga norozilik yo'q aslo menda
Maylida sabr qilay botsamda terga
Unutma yuragimning yarmi bor senda
Onasiga erka bo'lgan tikonli gulim.
✍Muallif: Elmurod Xamroyev.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Ustoz
She'riyat olamin sayr etib bir kun
Izlabon zamonning ilg'orlarini
Shu vaqt ko'zim oldi ulkan yorug' nur
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men
Mashrabning  g'azallarin ortidan boqib,
Ko'zim tushdi zamonning zamon zo'riga.
Xayratdan yoqamni ushlabon qotib,
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Baxsh etib millatga, dildagi surur
Qalbingizdan otilar jo'shqin bir g'urur
Qolgan shoirlar indamay turur
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men
Bu she'rlar kerakdir sodda bu elga
O'zini o'xshatgan g'arbdek qavmga
Bazida o'ylabon botaman terga
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men
Millatni sevmoqni o'rgatgan o'ziz,
Qalbimga sanchilar aytgan xar so'ziz,
Boqsam gar yog'ilar yuzdagi nuriz
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men
Shoirman deyishga davoyim yo'qdir
So'zlarim nishonga tegmas bir o'qdir
Shogirtman deyishga xaqim xam yo'qdir
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Masofa ayirmoqda diydorlashmoqni
Qalbimda sog'inchim ortar to bora
Balkim uchrasharmiz tushda bir bora
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Eskidan bir naqil qolgan bejizmas
Zar qadrini zargar bilar, temirchi emas
Balkim zargarmam desam kibr xam bo'lmas
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Alloh rozi bo'lsin xizmatingizdan,
Katta-yu kichikga xurmatingizdan,
Bizga sobit bo'lgan o'rnakingizdan,
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Muallif: Elmurod Xamroyev
Ps: Ustoz Xayrulla Hamidovga atalgan.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group