#O'zbekiston
Yetmish yil ko′z yoshim artdi yolg'onim,
Qora qumg′onda choy, moysiz yovg'onim,
Sarbonsiz cho'llarda daydigan Majnun,
Ipak yo′llarda izsiz karvonim.
Salom, o′zligiga qaytgan ummonim,
O'zimniki bo′lgan O'zbekistonim!
Madh aytib, sen bilan maqtanmoq oson,
Mulki Samarqand deb, mulki Xuroson.
O′zingniki emas, hatto o'chog′ing
O'zingdan bir kuni chiqmasa sulton.
Salom, Temurlardan tomchigan qonim,
O'zimniki bo′lgan O′zbekistonim!
Paxtadek ko'nglingda yo′q seni g'ubor,
Tan olsa, dunyolar, oldi ikki bor.
Shoh bo′lib, hofizin e'zozlagan yurt,
Ey, sen, Alisherni asragan diyor.
Mard dilga hamisha ochiq jahonim,
O'zimniki bo′lgan O′zbekistonim!
O'zbekiston,
O′zbekiston,
O'zbekiston,
Yurtim mening, mening ona Vatanim!
#O'zbekiston
Yetmish yil ko′z yoshim artdi yolg'onim,
Qora qumg′onda choy, moysiz yovg'onim,
Sarbonsiz cho'llarda daydigan Majnun,
Ipak yo′llarda izsiz karvonim.
Salom, o′zligiga qaytgan ummonim,
O'zimniki bo′lgan O'zbekistonim!
Madh aytib, sen bilan maqtanmoq oson,
Mulki Samarqand deb, mulki Xuroson.
O′zingniki emas, hatto o'chog′ing
O'zingdan bir kuni chiqmasa sulton.
Salom, Temurlardan tomchigan qonim,
O'zimniki bo′lgan O′zbekistonim!
Paxtadek ko'nglingda yo′q seni g'ubor,
Tan olsa, dunyolar, oldi ikki bor.
Shoh bo′lib, hofizin e'zozlagan yurt,
Ey, sen, Alisherni asragan diyor.
Mard dilga hamisha ochiq jahonim,
O'zimniki bo′lgan O′zbekistonim!
O'zbekiston,
O′zbekiston,
O'zbekiston,
Yurtim mening, mening ona Vatanim!