Translation is not possible.

Kaktusim.🌵

Bugun xijarat istab chiqdim yo'lingga

Bu ko'zlar mushtoqdir sening yo'lingga

Istasang yuragimni uzib beraman,

Xechkim ushlolmagan nozik qo'linga.

Bugun fath qo'shig'in aytmog'im lozim

Qalbingni fath etib kuylayin mudom.

Magarki rad etsang chiqmas ovozim

Balkim so'ngi nafas xam tugardir shu dam

Kimlardir xaridor yaproqli gulga

Kimlardir xushovoz, go'zal bulbulga

Men esa hayolparast, sal telbanamo

Onasiga erka bo'lgan tikonli gulga.

Yoshim xam chorakni qoralab qoldi

Bu ko'zlar seni kutib charchoqdan toldi.

Ishonsang bu ko'ngil xam xastalab qoldi

Onasiga erka bo'lgan tikonli gulim.

Kaktus misol qalbiga nurlar o'ragan

Robisidan xayo qilib ro'mol o'ragan.

Tunda bedor taxajudda Jannat so'ragan,

Onasiga erka bo'lgan tikonli gulim.

Kel endi duolari ijobat nurim

Taxajudda qalbinga so'ragin yo'lim

Ko'rmasamda fath etding, qalbimni gulim.

Onasiga erka bo'lgan tikonli gulim.

Taqdirga norozilik yo'q aslo menda

Maylida sabr qilay botsamda terga

Unutma yuragimning yarmi bor senda

Onasiga erka bo'lgan tikonli gulim.

✍Muallif: Elmurod Xamroyev.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group