UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Na o‘zing kabi qola olyabsan. Na ular kabi bo‘la olyabsan...

Turakurgoniy shared a
Translation is not possible.

#tarix

Hujum” kompaniyasi 1926-yil sentyabrda O‘rta Osiyo xotin-qizlari

kengashida e’lon qilinib, uni 1927-yil 8-martdan boshlashga qaror qilindi.

1926-yil dekabrda “Hujum” kompaniyasini o‘tkazish uchun O‘rta Osiyo

respublikalari, xususan, O‘zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi.

1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar

boshlandi. Ularda 100 000 dan ortiq xotin-qizlar paranjilarini gulxanda yoqdilar.

Lekin bolsheviklar partiyasining o‘zbek

xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishni tezlashtirish siyosati yomon oqibatlarga olib

keldi. “Hujum”ga qarshi bo‘lganlar ayollarga nisbatan zulm o‘tkaza boshladilar.

“Hujum” harakati eng faol o‘tkazilgan 1927-1928-yillarda O‘zbekistonda

2500 dan ortiq faol xotin-qizlar, tuman va qishloq sho‘rolarining a’zolari, xotin-qizlar klublari va kutubxonalar mudiralari, muallimalar yangi hayot yo‘lida o‘z jonini qurbon qildi. Afsuski, bu fojialarning oldi olinmadi.

Sovet hukumati “Hujum” kompaniyasini o‘tkazishdan quyidagi maqsadlarni

ko‘zlagan edi: birinchidan, o‘zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy axloqiy sharqona an’ana va qadriyatlarini yo‘qotish va ma’naviyatimizga zarba berish; ikkinchidan, “xotin-qizlarni ozod qilish”, bahonasida sanoat

korxonalari, kolxoz va sovxozlarda arzon-garovda ishlaydigan qo‘shimcha ishchi kuchlari sifatida ulardan foydalanish, amalda ularni sho‘ro qullariga aylantirish edi...

Manba: 10-sinf O‘zbekiston tarixi...

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#iqtibos

Atrof.

Ayol ketar ekan yo‘lda qiziga

“Haqiqatdan qayga qochamiz?” deydi.

“Hozir bizlar bilan ko‘rishgan kishi

Bizning bo‘lmay qolgan pochchamiz” deydi.

“Yonimizdan ma’yus o‘tgan bu odam.

Bir vaqtlar opamning oshig‘i edi…”

Titkilash shart emas eski daftarni.

Bu gaplardan naf yo‘q, ochig‘i, endi.

Erkak o‘tar ekan tanish ko‘chadan

“Yoshlikdagi sevgi alammi?” deydi.

Kimnidir eslatgan mitti bolani

“Mening bo‘lmay qolgan bolam bu!” deydi.

Mana bu – kapalak bo‘lolmagan qurt.

Atrof to‘la bo‘lgan, bo‘lmaganlarga.

Yerosti to‘ladir o‘lganlar bilan.

Yerusti hozircha o‘lmaganlarga.

Qanisiz? Qayerda? Erk oshiqlari!

Mag‘rur boshingizni qullik yemasin.

Kun kelib, bu millat erkni ko‘rganda

Mening bo‘lmay qolgan erkim, demasin.

https://t.me/Turakurgoniy

Telegram: Contact @Turakurgoniy

Telegram: Contact @Turakurgoniy

Na o‘zing kabi qola olyabsan. Na ular kabi bo‘la olyabsan. @Turakurgon1y
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#tarix

Ro‘za ta’rifi va tarixi.

\"Ro‘za\" so‘zi lug‘aviy jihatdan arabcha savm (siyam) so‘zining forscha muqobili bo‘lgan rūza so‘zining chig\'atoy Turkchasi shaklidir. Savm va siyom hamda ularning turdosh so‘zlari Qur’oni karimda o‘n uch marta, hadislarda esa juda ko‘p marotaba tilga olingan.

Istilohiy ma’noda Ro‘za – tong otishidan boshlab quyosh botguniga qadar shariat tomonidan belgilangan ibodatni ado etish niyati bilan yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyilishdir. Serahsiy bu ibodatni “muayyan kishilarning muayyan vaqtda, muayyan maqsad bilan muayyan narsalardan tiyilishi” deb ta’riflagan bo‘lib, bunda ro‘za qaysi kishilar uchun maqbul hisoblanishini aniqlashtirish maqsadi ko‘zlangan (al-Mabsut, III, 54).

Ro‘za davomida odam o‘zini ro‘za taqiqlaridan tiyishiga imsak deyiladi. Bu so‘z shuningdek “ro‘zani boshlash, ro‘zaning boshlanish vaqti” (Bomdod namozi vaqti yoki saharlik) ma’nosida ham ishlatiladi. Ro‘za vaqti tugaganda uni shariatga muvofiq ochishga, ya’ni ro‘zani yakunlashga iftor deyiladi. (Shom namozi vaqti.)

Islomdan Avvalgi Dinlarda Ro‘za.

Muayyan vaqt davomida yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyilish, parhez qilish yoki muayyan taomlarni iste’mol qilmaslik, sukut saqlash, og‘iz va quloqni yolg‘on va yomon so‘zlardan himoya qilish kabi turli shakllarda ado etiladigan ro‘za ibodatiga deyarli barcha dinlarda duch kelish mumkin.

Ro‘za ibodati tavba, kafforat, motam yoki ma’lum diniy marosimlarga tayyorgarlik maqsadida bajarilgan. Bundan tashqari, sehr yoki zohidlik (ruhiy poklanish va dunyodan voz kechish) sababli ham ro‘za tutish odati bo‘lgan.

Yahudiylikda Ro‘za.

Yahudiylikda ro‘za, avvalo, nafsni tiyish va o‘zini past olish vositasi sifatida qabul qilingan. Eski Ahd (Tavrot) matnlarida bu ibodat \"tzom\" yoki \"innah nefeş\" iboralari bilan ifodalangan.

Yahudiylikda eng muhim ro‘za Kafforat kuni (Yom Kipur) ro‘zasidir. Bu kunda yahudiylar bir yil davomida qilgan xatolaridan pushaymon bo‘lib, Xudodan kechirim so‘raydilar. Yom Kipur yahudiylarning eng muqaddas kunlaridan biri bo‘lib, to‘liq bir kun davomida yeb-ichish, ishlash va boshqa dunyoviy faoliyatlardan tiyilish lozim bo‘lgan muhim ibodat sanaladi.

Yahudiy taqvimining birinchi oyi Tishrining 10-kunida tutaladigan Yom Kipur ro‘zasi yahudiylarning eng muhim ro‘za ibodatidir. Ro‘za arafa kuni quyosh botishidan taxminan bir soat oldin boshlanib, ertasi kuni – 10-kun quyosh botganidan keyin taxminan 45 daqiqa o‘tgach tugaydi. Yom Kipur ro‘zasi 25 soatdan ko‘proq vaqt davom etadi.

Yahudiylikda shunga o\'xshash yana 4 ta ro\'za kunlari bor. Ular har xil oylarda turli xil kun davomida tutiladi.

Xristianlikda ro\'za.

Yahudiylarning ro\'za an\'anasiga mos ravishda, Yangi Ahdda Iso Alayhissalom va havoriylari ro\'za tutganligi haqida so\'z boradi. Iso Alayhissalom o\'zi maxsus ro\'za kuni joriy qilmagan bo\'lsa-da, xristianlar dastlabki davrda ayniqsa har chorshanba va juma kunlari ro\'za tutishgan, yilning muayyan davrlarida esa odatda go\'sht va sut mahsulotlariga qarshi parhez tutishgan. Chorshanba va juma kunlari ro\'za tutishning sababi, Iso Alayhissalom o\'limidan oldin va o\'limi paytida tortgan azoblarini eslash va ularni ichki jihatdan qabul qilishdir.

Bugungi kunda nasroniy dunyosida ro\'za tutishning ikkita asosiy turi mavjud. 1.Shukronalik ro‘zasi. 2.Jamoatga a\'zolik ro\'zalari.

Islom dinida ro\'za.

Islomda ro‘za tutishning boshqa turlari ham mavjud bo‘lsa-da, ma’lum sharoitlarda har bir musulmon uchun farz bo‘lgan ro‘za hijratning 2-yilida (624-yil fevral)o shabon oyida farz qilingan Ramazon ro‘zasidir. Ramazon hilol (yangi oy) birinchi marta ko\'rilganidan boshlab 29 yoki 30 kun davom etadi. Undan so\'ngra Musulmonlar bir oy ro\'za tutadigan Ramazon oyidan so\'ng nishonlanadigan bayram Roʻza hayiti, Ramazon hayiti yoki Iyd al-Fitr (arab. عيد الفطر‌‌‎) — deyiladi. Ramazon oyi tugallangani uchun nishonlanadi.

🌟 https://t.me/Turakurgoniy

📌Ma’lumotlar Turkiya diyonat ishlari vazirligiga oid Islom enkslopediyasi sayti va unversitet darsliklaridan olindi.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#tarix

RAMAZON OYI TARIXI.

\"Ramad\" masdari yoki \"ramdâ’\" soʻzidan kelib chiqqan \"Ramazon\" soʻzi, oy taqvimida Sha’bon oyidan keyin va Shavvoldan oldin keladigan to‘qqizinchi oyni anglatadi. \"Ramad\" masdari \"kunning juda issiq bo‘lishi, quyoshning qum va toshlarni juda qizdirishi, qizigan yerda yalangoyoq yurish natijasida oyoqlarning kuyishi\" ma’nolarini bildiradi. Shuningdek, \"yoz oxiri va kuz faslining boshida yog‘ib, yer yuzini changdan tozalovchi yomg‘ir\" ma’nosidagi \"ramadî\" so‘zidan yoki \"qilich yoki o‘q temirini ingichkalashtirib o‘tkir qilish uchun ikki qattiq tosh orasiga qo‘yib urish\" ma’nosidagi \"ramd\" masdaridan kelib chiqqani ham aytiladi. Odatda “shahr” (oy) so‘zi bilan qo‘shilib, \"shahru ramazon\" shaklida ishlatiladi.

Buxoriy va Nasoiy alohida bob ajratib, \"Ramazon\" so‘zi yolg‘iz ishlatilgan hadislarni keltirishgan (Buxoriy, Savm, 5; Nasoiy, Siyom, 6). Islomdan avval Arabistonning qadimgi xalqlari – Âd va Samud qabilalari yashagan davrda bu oy deymur yoki zeymur deb atalgan va yil shu oy bilan boshlangan.

Ba’zi manbalarda ushbu oy nomlari milodiy V asr boshlarida Payg‘ambarimizning beshinchi bobosi Kilob ibn Murra tomonidan belgilab qo‘yilgani qayd etilgan. Klassik manbalarda bu oy Ramazonul-Muazzam (ulug‘ Ramazon) deb ham yuritilgan (Qalqashandiy, II, 405).

Manbalarda bu oyga \"Ramazon\" nomi berilishining sabablari haqida turli tushuntirishlar mavjud. Eng ko‘p qabul qilingan fikrga ko‘ra, ushbu oy unga to‘g‘ri kelgan fasl juda issiq va jazirama bo‘lgani uchun shunday nomlangan. Hijriy taqvimdagi Jumad‐ul avval va Rabi‘‐ul avval oylarining nomlari ham muayyan fasl va ob-havo sharoitlariga ishora qilishi bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi.

Hijriy oylar muayyan fasllarga bog‘lanib qolmay, turli fasllar bo‘ylab harakatlanishi sababli, bu tushuntirishni qabul qilgan olimlar arablar eski oy nomlarini o‘zgartirganda ularning aynan qaysi faslga to‘g‘ri kelganiga qarab nom berganini aytishgan. Ramazon oyiga nom berilishining ham jazirama issiqlik hukm surgan mavsumga to‘g‘ri kelgani bilan bog‘liq ekanligi qayd etilgan. Ba’zi manbalarda arablar bu nomlarni belgilash chog‘ida fasllarning doimiy ravishda almashinib turishini bilmaganliklari ham aytiladi (Mas‘udiy, II, 204).

\"Ramazon\" so‘zining kelib chiqishi haqida ba’zi kitoblarda shunday tushuntirishlar uchraydi: bu oyda ro‘za tutish natijasida ochlik va chanqoqlik sababli insonning ichi \"yonadi\", ro‘zaning harorati esa gunohlarni \"yoqadi\"; xuddi kuz yomg‘irlari yerni yuvib tozalagani kabi, ramazon ro‘zasi ham mo‘minlarni gunohlardan poklaydi.

Biroq bu kabi izohlar, asosan, Islomdan keyin ro‘zaning ta’siriga qarab qilingan talqinlar bo‘lib, tarixiy ma’lumotlarga to‘liq mos kelmaydi. Chunki hijriy taqvimdagi oy nomlari Islomdan avval, arablar tomonidan belgilab qo‘yilgani aniq. Shuning uchun \"Ramazon\" so‘zining kelib chiqishi, asosan, uning dastlab qanday faslga to‘g‘ri kelgani va ob-havo bilan bog‘liq talqinlar bilan izohlanishi ilmiy jihatdan ishonchliroq hisoblanadi.

🌟 https://t.me/Turakurgoniy ⚡️ Ulashing ✈️

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bobur Mirzo haqida.

Bobur Mirzo 1483-yil 14-fevralda Temuriylar xonadoniga oid, Andijon bekligida, Umarshayx Mirzo oilasida tug‘ildi. Yoshligida otasi erta vafot etgani uchun uning o‘rniga tahtga chiqdi.

Bobur Mirzoning orzusi Bobosi Amir Temur davlatini qayta tiklash va yurtda tinchlik o\'rnatish edi. Bu orzusi yo\'lida harakat qilgan Bobur Mirzoga taqdir ko\'plab sinovlar yozgan edi.

Bobur Mirzo Samarqand tahtini bir necha bor egallagan bo\'lsa-da, qarindosh-urug‘ hiyonati, Shayboniylar hujumi va o‘z xatolari sababli yurtni tark etishga majbur bo\'ldi.

Taqdir unga Temurning davomchisi sifatida boshqa yurtdan toju taht tayorlagan edi. Bobur Afg‘oniston so\'ngra Hindiston tomonga ketdi. U yerda o\'z davlati va sulolasiga asos soldi.

Bobur Mirzo va uning sulolasi bizga ko\'plab tarixiy va badiy asarlar, Temur kabi buyuk binolar qoldirdi. Boburiylar 1858-yilgacha Hindistonda hukmronlik qildi.

Bobur Mirzo ruboiylarida va asarlarida o\'z yurtini hotirlab yashadi. Bobur Mirzo qabri Hozirda Afg‘onistonning Qobul shahrida.

Yod etmas emish kishini g\'urbatda kishi,

Shod etmas emish ko\'ngulni mehnatda kishi.

Ko\'nglim bu g\'ariblikda shod o\'lmadi, oh,

G\'urbatda sevinmas emish, albatta, kishi,

Bobur Mirzo...

https://t.me/Turakurgoniy

image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group