Translation is not possible.
Ustoz
She'riyat olamin sayr etib bir kun
Izlabon zamonning ilg'orlarini
Shu vaqt ko'zim oldi ulkan yorug' nur
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men
Mashrabning  g'azallarin ortidan boqib,
Ko'zim tushdi zamonning zamon zo'riga.
Xayratdan yoqamni ushlabon qotib,
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Baxsh etib millatga, dildagi surur
Qalbingizdan otilar jo'shqin bir g'urur
Qolgan shoirlar indamay turur
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men
Bu she'rlar kerakdir sodda bu elga
O'zini o'xshatgan g'arbdek qavmga
Bazida o'ylabon botaman terga
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men
Millatni sevmoqni o'rgatgan o'ziz,
Qalbimga sanchilar aytgan xar so'ziz,
Boqsam gar yog'ilar yuzdagi nuriz
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men
Shoirman deyishga davoyim yo'qdir
So'zlarim nishonga tegmas bir o'qdir
Shogirtman deyishga xaqim xam yo'qdir
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Masofa ayirmoqda diydorlashmoqni
Qalbimda sog'inchim ortar to bora
Balkim uchrasharmiz tushda bir bora
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Eskidan bir naqil qolgan bejizmas
Zar qadrini zargar bilar, temirchi emas
Balkim zargarmam desam kibr xam bo'lmas
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Alloh rozi bo'lsin xizmatingizdan,
Katta-yu kichikga xurmatingizdan,
Bizga sobit bo'lgan o'rnakingizdan,
Sizni ko'rmay turib ustoz dedim men.
Muallif: Elmurod Xamroyev
Ps: Ustoz Xayrulla Hamidovga atalgan.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group