Translation is not possible.

ONAJON

Bugun senla bo'lgan masofa yiroq,

Qalbimga o't qalar sog'inchli firoq.

Naxotki dunyolarga qalbim o'rashdi ?!

Dunyoning zarlariga qalbim adashdi ?!

Nafsimdan qochib xech qutulolmadim,

Bir bora poyinga bukulolmadim.

Mol dunyo dastidan bo'lib darbadar,

Sendan olislarda ovunolmadim.

Naqadar razilman, naqadar tuban,

Dunyoning zebiga yotib yuztuban.

Makon izlaganda manzilim adash,

Yo'limni yo'qotdim, yo'llarim chalkash.

Men seni unutmadim volidaginam,

Xayollarim o'ralgan ipsiz tuzoqda.

Duo qil Allohga munisaginam

Jonimni olmasin sendan uzoqda.

Munisim, mehribonim duo qil meni,

Duolari ijobat, qalbi nurimsan.

Boshimga qilich ursin roziman, seni

Bergan mehrlaringni unutsam agar.

Taqdirni qaraginki qo'yib masofa,

Senla birla mening sabrimni sinar

Qalbim sovuqlardan muzlagan rosa,

Faqat sening mehringdan qalbim isinar.

Xech kim bo'la olmas sendek mehribon,

Xush ovoz, so'zlaringni go'zal sehri bor.

Dunyolarga alishmasman bosgan izingni,

Bosgan izlaringda ham Jannat izi bor.

Ko'zlarimdan shash qator yoshlar otilar,

Qalbimni sog'inchlar yoqib kul qilar.

Seni sog'inganim yolg'iz Rob bilar,

Onajon sen tomon yo'lga otlandim.

Bormog'im bilmam kech, bilmam ertadir.

Ammo bu yo'llarim senga eltadir.

Sabr qil mushtipar mehribonginam,

Oz fursatda bag'ringa shodlik yetadir.

Bag'ringni sog'indim, quchib, erkalash,

Kel bolajonim deya boshimni silash.

Katta bo'lsam hamki yoshdek avaylash.

Onajon sog'indim mehringni bugun.

Dunyoda xech kim yo'q, o'rning bosuvchi.

Go'zallar ko'p ekan ko'nglim oluvchi.

Dunyoda necha ming go'zallar bo'lsa,

Ishon menga, sen ulardan ancha go'zalsan.

Ishon, sening xusning oydan go'zalroq,

Xusningni madx etib yozsam kitoblar

Dengiz siyoh bo'lar, osmon oq varoq

Shunda ham tarifingni sig'diraolmayman.

Sarvari koinot bergan maslaxat,

Sening roziling Jannatga yo'ldir.

Onajon berasanmi rozilik dasxat ?

Balkim arzimasman roziliginga ?!

Ammo qalbimda qo'rquv tig'i bor,

Yuragimni tilkalar, kunda yuz ming bor.

Dunyoning dunyosiga sevinchim bekor,

Allohning azobidan qo'rqoqligim bor.

Onajon Jannatni istadi o'g'ling,

Ammo ammallari yetmas Jannatga.

Poyoni tugasa og'ritma ko'ngling,

Poyingdan izladim Jannatni ona.

Muallif: Elmurod Xamroyev ✍️

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group