UMMA TOKEN INVESTOR

About me

t.me/falastin - t.me/Ghazo

Followings
0
No followings
Translation is not possible.

Men G‘azolik birodaringiz Muhammad To‘tahman. “Live Quddus” kanali orqali o‘zimga va oilamga yordam so‘rayman. Menda un ham, non ham yo‘q, uch oydan beri sabzavot yemadim. Unning narxi juda qimmat – 25 kilogramm un 150 dollardan oshadi. Farzandlarim yetarlicha himoyaga ega emas. Biz bozorlarda deyarli topilmaydigan konserva mahsulotlari bilan kun kechirmoqdamiz.

Kundalik sifatida tayanib kelgan yeguligimiz ham G‘azo sektoridagi ocharchilik tufayli endi mavjud emas. “Live Quddus” kanali va bizni kuzatib borayotgan birodarlar yordam berishadi, degan umiddaman. Qish sovug‘idan himoyalanish uchun kiyimimiz yo‘q. Farzandlarimga bir nechta kiyim-kechak topib berdim, lekin hali ham ko‘p narsa yetishmayapti. Hattoki oyoq kiyimlarimiz ham yo‘q.

Mening chodirim kichkina – maydoni atigi 3,5 metr. Farzandlarim va oilam uchun ko‘rpa-to‘shak yetishmayapti. Men adyolda uxlayapman, matras yoki boshqa qulay jihozlarimiz yo‘q. Bu bizning og‘ir holatimiz haqida aytish mumkin bo‘lgan qisqa ma\'lumot edi.

Yaxshi insonlardan yonimizda bo‘lishlarini va yordam berishlarini so‘rayman. Eng muhimi, un bilan ta’minlasangiz, yordam qilmoqchi bo\'lganlardan Alloh rozi bo‘lsin.

Muhammad Totahning video aytgan gaplari, unga yordam qilishni istaganlar bizga bog\'lanishi mumkin. @Ghazo

https://t.me/FaIastin

1 view
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Yechim o\'zimizda...

Musulmonlarni samolyot yoki atom bombasining yo‘qligi emas, balki asrlar davomida ularning orasidagi fitnalar mag‘lub qilib kelmoqda. Shuning uchun dushman musulmonlar orasiga yolg‘on tarix va fitnalarni tarqatib, ularni zaiflashtirib kelmoqda, chunki u Islom olamining birlashishini istamaydi.

Barcha zamonaviy qurol-yaroq va atom bombalariga ega musulmon davlatlari bor, ammo aholisi 10 millionga yetmaydigan yahudiy terroriga qarshi birlashib qarshilik ko‘rsata olmayapti, chunki saflarimiz tarqoq.

c) @Ghazo

https://t.me/FaIastin

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Rafah — Isroil buldozerlarining vaqt bilan poyga qilib, falastinlik oilalarning uylarini buzayotgani aks etgan kadrlar.

https://t.me/FaIastin

5 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

G\'azo shahridan Deyr Balah lagerlariga ko\'chib o\'tgan g\'azolik opamizga qilgan yordamingiz yetib bordi.

“Assalamu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. ‘Live Quds’ kanalining barcha kuzatuvchi birodarlarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Siz yuborgan ehsonlar Live Quds jamoasi orqali bizga yetib keldi. @Ghazo

Bu ehsonlar tufayli zaruriy narsalarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ldik. Bolalar xursand bo‘lishdi va vaqtlarini maroqli o‘tkazishdi. Allohga hamd-sanolar bo‘lsin.”

(Videoda qizcha ushlab turgan pul bu shekel bo\'lib, Bosqinchi Isroil milliy valyutasi bo\'ladi).

Eslatib o\'taman: Biz qandaydir xayriya fond yoki biron bir gumanitar tashkilotga a\'zo emasmiz. Bizga G\'azodagi yaqinlarimiz orqali yordam so\'rab murojaat qilgan ayrim e\'tibordan chetda qolgan oilalarga yordamlarni yetkazib berishda vasiylachimiz xolos.

https://t.me/FaIastin

4 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

G\'azo shimoldagi fuqaro mudofaasi xodimlari o‘z xizmat kiyimlarini kiymay, dahshatli qirg‘in sodir bo‘lgan hududga o‘zlari yo‘l olishdi. Chunki qo‘shinlar vayronalar ostida qolganlarni qutqarish uchun kelgan fuqaro muhofazasi guruhlariga qarata o‘q uzishardi va ularni to‘xtatishga urinishgan.

Bu qahramonlik yoki nishonlanadigan bir voqea emas, balki bizning o‘ldirilishimizga sukut saqlayotgan dunyoga qarshi aytilgan faryoddir. Ushbu insonlar hozir tirnoqlari bilan kovlab, vayronalar ostidan odamlarni qutqarishga urinmoqdalar.

c) Ghazo

https://t.me/FaIastin

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group