Translation is not possible.
***
 
Inson, insoniyatdan jirkanar ekan
Ishonmasangiz keling, so'zlab beraman
Nafsiga qul bo'lgan zohiri go'zal
Taqvoli yigitlardan so'zlab beraman.
 
Tunda nomahramga qo'ng'iroq qilib
Xolini so'rarmish, olib xavotir.
Ul go'zal xam javob qilar ekan noz qilib.
Bilmadim qalblariga tushganmikan kir.
 
Bir biriga Qurondan oyatlar o'qib
Solihim, soliham deya erkalab.
Nafsiga yoqgan bir xadisni to'qib,
Ko'rsatarmish o'zlarini pokiza qilib.
 
Men xam o'qigan edim o'shal Qu'ronni
Alloh yaqinlashmang zinoga degan.
Maquldir bir nomaxram qo'lin tutguncha,
Boshingizga temir qoziq qoqilganidir.
 
Xa aytgancha uhliylar jamoasi bor
Tishlaysiz yoqangizni xayratdan shu xol,
Tarmoqlarda mashxur bo'lgan uhtishkalar-u
Muvahhida, soliha, muslimalar bor.
 
Tarmoqlarda raqsga tushar, qo'yib nashida
Qo'shilib raqsga tushar shayton qarshida.
Suratga tushadi qiliblar ko'z ko'z
Tanasiga yopishgan kiyimi ne so'z ?
 
Yana bor bir toifa do'st edi nomi.
Yoningizda gaplaringiz maqullar doim.
Ketsangiz g'iybatingiz ochilar koni
Bemani, betasir, befoyda u do'st.
 
Moddiy manfa'at uchun qurilgan do'stlik
Topolmaysiz boshingizga kelsa yo'qchilik.
Topib kelar boshingizga qo'nsa baxt qushi
Bir do'st emas, bo'lib kelar juda ko'pchilik.
 
Ey do'stim atrofga bir nazar soling
Yoningizga xaqiqiy do'stlarni oling
Insoniylik doirsin buzgan kishini
Tark qiling, shunchaki o'z xoliga qo'ying.
 
 
✍️Muallif:Elmurod Xamroyev
Send as a message
Share on my page
Share in the group