UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Don’t be intellectually molested

Translation is not possible.

Ilmni diniy va dunyoviyga boʻlish va shu orqali muhimlik darajasini belgilash har tomonlama xato hisoblanadi. Zero ikkalasi ham bir maqsadga xizmat qilishi kerak. Sovetlar xalq ongini boshqarish yoʻlidagi eng katta ishlaridan biri bu diniy ilmning muhimligini omma ongidan oʻchirganligi boʻlgan.

Oʻsha davr maktablarida oʻqiganlarning aksari hozir ham diniy ilm desa, qanaqadir tarki dunyo uchun kerak boʻlgan, dunyodan yuz oʻgiradigan ilm deb tushunishadi. Oʻqish deganda esa universitet va shuhratparastlikka xizmat qiluvchi kitoblarni tushunishadi. Agar oʻqishdan maqsad faqat shu boʻlsa, bu masalada musulmonning kofirdan farqi qolmaydi.

Kuchli asosga ega boʻlmagan dunyoqarashlar moʻrt boʻladi. Bularga millatchilik, milliy madaniyat yoki shunchaki boylikka erishib yashashlar kiradi. Qachonki insonning dunyoqarashi va hayot tarzi mustahkam, sof e’tiqod ustida qurilgan boʻlsa, u uchun eng asosiy maqsad boʻlgan bu dunyo baxti va oxirat saodatiga erishish yoʻli paydo boʻladi. Va bu 14 asrdan beri ishlab kelgan yoʻl hisoblanadi.

Dunyoqarash insonning butun hayotini belgilab beradi. Uning muhimligini anglash va toʻgʻrilab olish kognitiv rivojlanishning burilish nuqtasi, asosidir.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Masjidimizda taroveh orasida 10 daqiqacha tanaffus boʻladi. Shu paytda kichik maruza bilan birga qiziq viktorina ham boʻladi. Bir kishi chiqib dinga oid 2 yoki 3 ta savol beradi, birinchi toʻgʻri topganlarga esa kabobxonaga vaucher beradi )

Arabiyda gapirolmayman, boʻlmasam butun ramazon tekin iftorlikka yetadigan vaucherlarni yutib olgan boʻlardim 🗿

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Inson mustahkam obyektiv haqiqatni to'liq anglamasdan yoki o'sha qadriyatga yetarlicha urg'u berilmasdan katta bo'lsa, yo'l-yo'lakay turli muammolarga duch keladi. Ya'ni o'zini musulmon hisoblaydigan yosh yigit yoki qiz yoshligidan dinni to'liq emas, balki chala yoki boshqa narsalar bilan aralashib, buzilgan(distorted) ko'rinishini o'qib, eshitib o'sadi. Buning natijasida unda din haqida tasavvur va umumiy tushunchalar bo'ladi, ammo uni chin ma'noda "Haq" deb hisoblamaydi.

Imomlar, voizlarning nutqlari "cliche", haqiqatdan uzoq bo'lib eshitiladi. Atrofidagi muammolarga o'zi uchun oladigan yechimlari ham turli zamonaviy trendlar, blogerlarning uzuq-yuluq fikrlari, nari borsa tizimlashtirilmagan kitoblarga taqaladi. Buning sabablaridan albatta ko'p, hozir bu haqida emas.

Kundalik amalda dindor, dunyoqarashda sekulyar bo'lgan bunday kishi doimiy kognitiv dissonans atrofida yuradi. Bu bilan esa din berishi mumkin bo'lgan eng muhim jihat, sakinatdan bebahra qoladi.

Qilayotgan ishlarimiz va tafakkurimiz mutanosibligini ta'minlash eng muhim ishlardan hisoblanadi. Qachonki haqiqiy ma'noda "Ummat" tafakkurini o'zlashtirib, kundalik hayotimizga, ijtimoiy muammolarimizga joriy qila olsak o'zimiz sezmagan holda muammolarimiz yechim topib boshlaydi.

Tarixni sovuqqon, raqam va voqealar ketma-ketligi sifatida o'qishni to'xtatib, o'z tariximizdan, tarixiy shaxslarning tafakkurlaridan o'rnak olishimiz kerak. Yaqinda Sami Hamdi bir suhbatda quyidagi ma'nodagi so'zlarni aytgandi: "siyratni tarix kitobi emas, haqiqiy qo'llanma sifatida o'zlashtirsak, turli muammolarga qarashimiz o'zgarardi."

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Barchaga Ramazon muborak boʻlsin!

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Boshqa ustozlar, auditoriyasi koʻp kishilar ham Umma lifega oʻtishi kerak. Albatta, hali koʻp kamchiliklari bor, lekin foydalanuvchilar koʻpayishi kamchiliklarni tuzatishga sabab boʻladi.

Umma life — oʻzimizning maydonimiz boʻladi, Insha’Alloh

https://t.me/MubashshirAhmad/19757

Telegram: Contact @MubashshirAhmad

Telegram: Contact @MubashshirAhmad

Олдин айтганимдек Umma life раҳбарияти билан учрашувимиз бўлиб ўтди. Лойиҳа раҳбари Isa Dagestani тармоқ тарихи, ҳозири ва келажаги ҳақида сўзлаб берди. Биз ўзимизнинг таклиф ва тавсияларимизни айтдик. Сизлардан келган мулоҳазаларни уларга етказдик.
Send as a message
Share on my page
Share in the group