Inson mustahkam obyektiv haqiqatni to'liq anglamasdan yoki o'sha qadriyatga yetarlicha urg'u berilmasdan katta bo'lsa, yo'l-yo'lakay turli muammolarga duch keladi. Ya'ni o'zini musulmon hisoblaydigan yosh yigit yoki qiz yoshligidan dinni to'liq emas, balki chala yoki boshqa narsalar bilan aralashib, buzilgan(distorted) ko'rinishini o'qib, eshitib o'sadi. Buning natijasida unda din haqida tasavvur va umumiy tushunchalar bo'ladi, ammo uni chin ma'noda "Haq" deb hisoblamaydi.
Imomlar, voizlarning nutqlari "cliche", haqiqatdan uzoq bo'lib eshitiladi. Atrofidagi muammolarga o'zi uchun oladigan yechimlari ham turli zamonaviy trendlar, blogerlarning uzuq-yuluq fikrlari, nari borsa tizimlashtirilmagan kitoblarga taqaladi. Buning sabablaridan albatta ko'p, hozir bu haqida emas.
Kundalik amalda dindor, dunyoqarashda sekulyar bo'lgan bunday kishi doimiy kognitiv dissonans atrofida yuradi. Bu bilan esa din berishi mumkin bo'lgan eng muhim jihat, sakinatdan bebahra qoladi.
Qilayotgan ishlarimiz va tafakkurimiz mutanosibligini ta'minlash eng muhim ishlardan hisoblanadi. Qachonki haqiqiy ma'noda "Ummat" tafakkurini o'zlashtirib, kundalik hayotimizga, ijtimoiy muammolarimizga joriy qila olsak o'zimiz sezmagan holda muammolarimiz yechim topib boshlaydi.
Tarixni sovuqqon, raqam va voqealar ketma-ketligi sifatida o'qishni to'xtatib, o'z tariximizdan, tarixiy shaxslarning tafakkurlaridan o'rnak olishimiz kerak. Yaqinda Sami Hamdi bir suhbatda quyidagi ma'nodagi so'zlarni aytgandi: "siyratni tarix kitobi emas, haqiqiy qo'llanma sifatida o'zlashtirsak, turli muammolarga qarashimiz o'zgarardi."