Ilmni diniy va dunyoviyga boʻlish va shu orqali muhimlik darajasini belgilash har tomonlama xato hisoblanadi. Zero ikkalasi ham bir maqsadga xizmat qilishi kerak. Sovetlar xalq ongini boshqarish yoʻlidagi eng katta ishlaridan biri bu diniy ilmning muhimligini omma ongidan oʻchirganligi boʻlgan.
Oʻsha davr maktablarida oʻqiganlarning aksari hozir ham diniy ilm desa, qanaqadir tarki dunyo uchun kerak boʻlgan, dunyodan yuz oʻgiradigan ilm deb tushunishadi. Oʻqish deganda esa universitet va shuhratparastlikka xizmat qiluvchi kitoblarni tushunishadi. Agar oʻqishdan maqsad faqat shu boʻlsa, bu masalada musulmonning kofirdan farqi qolmaydi.
Kuchli asosga ega boʻlmagan dunyoqarashlar moʻrt boʻladi. Bularga millatchilik, milliy madaniyat yoki shunchaki boylikka erishib yashashlar kiradi. Qachonki insonning dunyoqarashi va hayot tarzi mustahkam, sof e’tiqod ustida qurilgan boʻlsa, u uchun eng asosiy maqsad boʻlgan bu dunyo baxti va oxirat saodatiga erishish yoʻli paydo boʻladi. Va bu 14 asrdan beri ishlab kelgan yoʻl hisoblanadi.
Dunyoqarash insonning butun hayotini belgilab beradi. Uning muhimligini anglash va toʻgʻrilab olish kognitiv rivojlanishning burilish nuqtasi, asosidir.