Jalolov Behzod Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

About me

ツ🔻

Translation is not possible.
Ayolingiz begona qorini qiroatini eshitib uxlamasligi uchun ham Qur'onni oʻqishni oʻrganing va yod oling.
 
Kimni qiroatini eshitishni yoqtirasan deb soʻrashganida, qaysidir qorini emas, sizni aytsin.
 
Albatta avvalo Alloh rizoligi uchundir...
 
©️✅️
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Institutda ta'lim olishimning dastlabki pallalaridanoq bir mohiyatni qayta-qayta tushuntirishardi:
Iqtisodiyotning maqsadi - cheklangan resurslar sharoitida cheklanmagan ehtiyojlarni ta'minlashdir.
Ammo, lekin, biroq...
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Umar Ibn Abdulaziz xalifalikdaliklarida Rumdan bir elchi keladi va o'z xalqini ularni himoyasiga o'tishligini so'raydi jizya evaziga. Xalifa bunga rozi bo'lib, o'z elchisini ham Rum eliga kelishuv uchun yuboradi. Elchi u yerga borganida yo'lda bir odamni ikki ko'zi o'yib olib, tegirmonda aylantirib qiynab, ishlatilayotganini ko'radi. U odam xar qamchi zarbidan " La ilaha illalloh, Subhanalloh" deb aytadi. Elchi bu holni ko'rib xayron qoladi. Sababi kufr diyorlarida musulmonlar yashamas edi, musulmonlar musulmonlar bilan birga yashar edilar. Elchi shu payt unga "Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh" deb salom beradi. Ikki ko'zi o'yilgan odam xayron bo'lib qolib, "Rumda musulmonning salomimi?" deb ajablanadi. Elchi ha men musulmonman deydi va uning kimligini so'raydi. Ko'zlari o'yilgan kishi o'zi haqida aytib, "Men shu imperatorni qarindoshlaridanman. Islom da'vati bizlargacha yetib kelganida Alloh taolo qalbimni ochib musulmon bo'lgandim. Keyin imperatorimiz menga siyosiy jihatdan tajovuz qilasan bu ishing bilan deb bosim o'tkazdi. Yoki bu dinda qaytib, qizimga uylanib mol-u davlatga ega bo'lasan, yoki seni ko'zlaringni o'yib, xor qilib eshshakday tegirmonda ishlattiraman dedi. Men dinimdan voz kechmadim baribir" dedi.
 
Elchi bu holatda:
 
"Shuncha odamni foydasiga keldik, bir odam o'lib ketsa bizga nima" dedimi?
 
ASLO YO'Q!
Bu holdan elchi ta'sirlanib shu joyni o'zida haligi uni kutayotgan Rum hokimlarini oldiga ham bormaydida shu yerdan to'g'ri ortga qaytadi va xalifaga bor gapni aytadi.
 
Shunda Umar Ibn Abdulaziz:
 
" Qo'y endi, davlat siyosatiga shuni aralashtirma. Bitta odamni deb shuncha jizya solig'idan quruq qolamizmi" demadilar.
 
Shunday g'azablari keldiki, darxol qog'ozda xat yozdilar:
 
"Ey rumning iti, agar o'sha odam mening oldimga unga chiroyli muomala qilingan va toza holida kelmasa, Alllohga qasamki yurtinga boramanda, seni o'sha iflos bo'yninga oyog'imni bosaman"
 
deb xatni Rum elining imperatoriga shu zahotiyoq jo'natdilar. Bu xatni qo'liga olgan imperator qo'llari qaltirab ketdi va o'zi borib haligi odamni o'z qo'llari bilan yuvintirdi, hamda halifaning huzuriga jo'natdilar. Xalifaning shaxsan o'zi uni kutib oldilar.
Bir musulmonning qadri mana shunday bo'lgandir. Hattoki u o'sha Rum imperatorining qarindoshi bo'lsa ham. Chunki u ummat edi.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Yahyo Mo'tasim halifaligi davrida Rum eli taraflarda g'ayridinlar bir muslima ayolni asirlikka olishadi. Azoblab qamashadi va shikast yetkazishadi.
 
Shunda ayol "Va Islam, Va Mo'tasima" deb faryod qiladi.
 
Shunda kofirlar uni bu holi ustidan kulib:
"Seni hozir o'sha Mo'tasima 100 ta ola otlarda kelib qutqaradi" deb aytishadi o'zlaricha.
 
Bu gapni eshitganlardan biri musulmonlarga bu gapni yetkazadi va bu xalifaning ham qulog'iga yetib boradi. Shunda Mo'tasim xalifa shunday jahl qiladiki, xalifalikdagi barcha ola otlarni qidirtirib, qimmat bo'lsa sotib oldiradi va qo'shiniga o'sha ayol bo'lgan Amuriya shahrini fath qilishga buyruq beradi. O'sha ayolni borib o'zim ozod qilaman deb aytadi. Musulmonlar borib o'sha kofirlarni-yu, qo'shinini-yu nizomini yo'q qilib tashlaydilar. Xalifaning esa o'zi o'sha ayol bo'lgan qamoqqa kirib, o'z qo'llari bilan ayolni qo'llarini yechadi. Shunda ayol xayron bo'lib, undan kimligini so'raydi. Men o'sha sen aytgan Mo'tasimman deydi. O'sha erkaklar davrida ham yashagan bu ummat.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
MUSULMON BO'LGAN ERKAKLAR...
 
Madinada bir muslima ayolni yaxudiy kimsa niqobini ochishi uchun ta'ziyq o'tkazmoqchi bo'ladi. Ammo ayol unga ko'nmaydi, unga teskari qarab oladi yoki o'zini ishini qilishda davom etadi. Shunda yaxudiy kimsa ayolning etagini ko'tarib qo'yadi va ayol buni bilmay o'rnidan turganida avrati ochiladi.
 
Shunda ayol bu holatdan "Va Islama", ya'ni "Ey Islom" deydi.
 
Bu holni bir sahobiy ko'rib qoladida, yaxudiyni boshiga qilich bilan urib, uni o'ldiradi. Qolgan yaxsudiylar esa unga tashlanib uni qatl etishadi.
 
Payg'ambarimizga bu xabar yetib borganida:
 
"Bekor qilibdida, yuzini ochib qo'yaversa bo'lardi" dedilarmi, yoki " U kishi shoshib qo'yibdi, mendan so'rasa bo'lardi" dedilarmi?
 
ASLO YO'Q!
 
O'sha zahoti hammani oyoqqa turgazib yaxudiylarni jazolab, qirib yubormoqchi bo'lishadi. Ammo munofiqlarning bir boshlig'i bu borada o'rtaga tushib omonlik so'rab yolvoradi. Keyin ular shahardan surgun qilinadi va yo'llarda o'lib ketishadi. Ular ahdlarini buzib musulmonlarga yetkazgan zarari tufayli jabrini tortdilar.
Send as a message
Share on my page
Share in the group