UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
Kim bir Birodarini xojatini chiqarsa yoki niyyat qilsa...
1 view
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
1917 yil 26—29 noyabrda Qo’qonda bo’lib o’tgan Umummusulmonlar qurultoyi Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topganini e’lon qilgan. Uzoq tarixiy davrlar mobaynida ijtimoiy tarqoqlik va mustamlakachilik sharoitida yashagan, shu tufayli xonavayron bo’lgan o’lkada Muxtoriyat hukumatining barpo etilishi taraqqiyparvar kishilar tomonidan katta quvonch va shodlik bilan kutib olingan. Turkiston xalqlarining taqdiri bilan kuyingan Cho’lpon birinchi bo’lib Muxtoriyatni olqishlovchi “Ozod turk bayrami” she’rini yozgan. Muxtoriyatning e’lon qilinishiga bag’ishlangan namoyishda esa otashin nutq so’zlab, nutqi orasida badiha yo’li bilan “Ollohu akbar” she’rini aytgan va bu she’rning har bir satridan keyin namoyish ahli “Ollohu akbar!” so’zlari bilan shoirga jo’rlik qilgan.
“Ozod turk bayrami” she’ri varaqa shaklida tarqatilib, Muxtoriyatning madhiyasi sifatida xalq orasida ijro etilgan. Mazkur varaqalardan biri qo’qonlik taniqli adabiyotshunos Ahmadjon Madaminov tomonidan topilgan va u bu she’rni ilk bor e’lon qilish huquqini kaminaga lutfan bergan. She’r “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1991 yil 20 sentyabr` sonida tegishli izoh bilan e’lon qilingan.
Naim Karimov
CHO’LPON
OZOD TURK BAYRAMI
Ko’z oching, boqing har yon!
Qardoshlar, qanday zamon!
Shodlikka to’ldi jahon!
Fido bu kunlarga jon!
Turkistonlik — shonimiz, Turonlik — unvonimiz,
Vatan — bizning jonimiz, fido o’lsun qonimiz!
Bizlar temir jonlimiz!
Shavkatlimiz, shonlimiz!
Nomusli, vijdonlimiz!
Qaynagan turk qonlimiz!
Bo’ldi kenglik, zo’rlik yo’q,
Berildi bizga huquq!
Taraqqiyga yo’l ochuq!
Jaholatga yo’l yonuq!
Muxtoriyat olindi,
Ishlar yo’lga solindi,
Milliy marshlar cholindi,
Dushman o’rtansun endi!
Shodlik, xursandlik chog’lar,
Ketsun yurakdan dog’lar,
Vatan bog’indan zog’lar!
Selkullasun bayrog’lar.
Hurriyat — bayrog’imiz,
Adolat — o’rtog’imiz,
Xursand bo’lgan chog’imiz
Mevalansun bog’imiz!
Turk beshigi — Turkiston!
Yeri oltun, tog’lari kon!
Bolalarn qahramon!
Vatan uchun berur jon.
Turkistonlik — shonimiz, turonlik — unvonimiz,
Vatan — bizning jonimiz, fido o’lsun qonimiz!
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
صورة من المغرب بالتحديد مدينة تطوان 🤍🤍
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Sabr uch turlidir....
Uchinchisi oriflarning sabridir. Zero ular Ma'budi boshqa insonlar qolib aynan ularning o'zlariga bunday balo va sinovlarni yuborish bilan xoslagani, bu bilan U Zotning sharafli nazariga sazovor bo'lganliklarini tasavvur qilishning o'zi bilan balo va musibatlardan lazzat topadilar.
Tusiy. "Avsaful ashraf".
Bu kitobni tarjima qilar ekanman, sharaflilarning biz anglamagan sifatlari bayonidan hayron qolmoqdaman.
Qanday qalbli insonlar bor-a!
Biz musibatlarga nolisak, yoki (Allohning fazli bilan) chidab berganimiz bilan g'ururlansak, ular esa musibat va sinovlarni Allohning nazariga tushish alomati ekanligining o'zidan huzurlanadilar.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Мазлумга ёрдам бериб, золимнинг зулмидан қутқариш ризқ кенг бўлиши энг катта сабаб. Мазлумни ёрдамсиз қолдириш ризқдан маҳрум бўлишнинг сабабларидандир.
Ҳадисда айтилади:
"Сизларга ризқ ҳам, нусрат ҳам фақат ораларингиздаги заиф-бечора инсонлар (уларнинг дуолари, намозлари ва ихлослари) сабабли келади"¹.
1) Термизий ривояти: 1702
Шайх Абдулазиз Торифий
t.me/torifiyuz
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group