Translation is not possible.
Umar Ibn Abdulaziz xalifalikdaliklarida Rumdan bir elchi keladi va o'z xalqini ularni himoyasiga o'tishligini so'raydi jizya evaziga. Xalifa bunga rozi bo'lib, o'z elchisini ham Rum eliga kelishuv uchun yuboradi. Elchi u yerga borganida yo'lda bir odamni ikki ko'zi o'yib olib, tegirmonda aylantirib qiynab, ishlatilayotganini ko'radi. U odam xar qamchi zarbidan " La ilaha illalloh, Subhanalloh" deb aytadi. Elchi bu holni ko'rib xayron qoladi. Sababi kufr diyorlarida musulmonlar yashamas edi, musulmonlar musulmonlar bilan birga yashar edilar. Elchi shu payt unga "Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh" deb salom beradi. Ikki ko'zi o'yilgan odam xayron bo'lib qolib, "Rumda musulmonning salomimi?" deb ajablanadi. Elchi ha men musulmonman deydi va uning kimligini so'raydi. Ko'zlari o'yilgan kishi o'zi haqida aytib, "Men shu imperatorni qarindoshlaridanman. Islom da'vati bizlargacha yetib kelganida Alloh taolo qalbimni ochib musulmon bo'lgandim. Keyin imperatorimiz menga siyosiy jihatdan tajovuz qilasan bu ishing bilan deb bosim o'tkazdi. Yoki bu dinda qaytib, qizimga uylanib mol-u davlatga ega bo'lasan, yoki seni ko'zlaringni o'yib, xor qilib eshshakday tegirmonda ishlattiraman dedi. Men dinimdan voz kechmadim baribir" dedi.
 
Elchi bu holatda:
 
"Shuncha odamni foydasiga keldik, bir odam o'lib ketsa bizga nima" dedimi?
 
ASLO YO'Q!
Bu holdan elchi ta'sirlanib shu joyni o'zida haligi uni kutayotgan Rum hokimlarini oldiga ham bormaydida shu yerdan to'g'ri ortga qaytadi va xalifaga bor gapni aytadi.
 
Shunda Umar Ibn Abdulaziz:
 
" Qo'y endi, davlat siyosatiga shuni aralashtirma. Bitta odamni deb shuncha jizya solig'idan quruq qolamizmi" demadilar.
 
Shunday g'azablari keldiki, darxol qog'ozda xat yozdilar:
 
"Ey rumning iti, agar o'sha odam mening oldimga unga chiroyli muomala qilingan va toza holida kelmasa, Alllohga qasamki yurtinga boramanda, seni o'sha iflos bo'yninga oyog'imni bosaman"
 
deb xatni Rum elining imperatoriga shu zahotiyoq jo'natdilar. Bu xatni qo'liga olgan imperator qo'llari qaltirab ketdi va o'zi borib haligi odamni o'z qo'llari bilan yuvintirdi, hamda halifaning huzuriga jo'natdilar. Xalifaning shaxsan o'zi uni kutib oldilar.
Bir musulmonning qadri mana shunday bo'lgandir. Hattoki u o'sha Rum imperatorining qarindoshi bo'lsa ham. Chunki u ummat edi.
Send as a message
Share on my page
Share in the group