Translation is not possible.
Yahyo Mo'tasim halifaligi davrida Rum eli taraflarda g'ayridinlar bir muslima ayolni asirlikka olishadi. Azoblab qamashadi va shikast yetkazishadi.
 
Shunda ayol "Va Islam, Va Mo'tasima" deb faryod qiladi.
 
Shunda kofirlar uni bu holi ustidan kulib:
"Seni hozir o'sha Mo'tasima 100 ta ola otlarda kelib qutqaradi" deb aytishadi o'zlaricha.
 
Bu gapni eshitganlardan biri musulmonlarga bu gapni yetkazadi va bu xalifaning ham qulog'iga yetib boradi. Shunda Mo'tasim xalifa shunday jahl qiladiki, xalifalikdagi barcha ola otlarni qidirtirib, qimmat bo'lsa sotib oldiradi va qo'shiniga o'sha ayol bo'lgan Amuriya shahrini fath qilishga buyruq beradi. O'sha ayolni borib o'zim ozod qilaman deb aytadi. Musulmonlar borib o'sha kofirlarni-yu, qo'shinini-yu nizomini yo'q qilib tashlaydilar. Xalifaning esa o'zi o'sha ayol bo'lgan qamoqqa kirib, o'z qo'llari bilan ayolni qo'llarini yechadi. Shunda ayol xayron bo'lib, undan kimligini so'raydi. Men o'sha sen aytgan Mo'tasimman deydi. O'sha erkaklar davrida ham yashagan bu ummat.
Send as a message
Share on my page
Share in the group