Hamidulloh Inomjonov Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
Inson qadrini o'lchashni ana shu ilohiy mezonlari ishga solingandagina insonlar o'zlarining haqiqiy qadrlarini topdilar.Ana shunda har bir inson iloji boricha qalbini poklashga, solih amal qilishga intiladigan bo'ladi.Turli o'tkinchi hoyu-xavaslar, molu dunyoga hirs qo'yishlar o'z ahamiyatini yo'qotadi.
Ana o'sha ilohiy, odil o'lchov tufayli qora tanli qul Bilol Habashiy inson zoti musharraf bo'lmagan sharafga, ya'ni Ka'bai Muazzama ustiga chiqib, ilohiy madhiya-azon aytishga erishdi.
Ana shu ilohiy, odil o'lchov tufayli Madinada qul qilib sotilgan Salmon Forsiy roziyallohu anhu oxirgi zamon Payg'ambarining yaqin maslahatchisiga, ahli baytiga aylandi.Payg'ambar sollallohi vasallam u kishi haqlarida: "Salmon Bizdan - ahli Baytdandir", deb marhamat qildilar.
 
Ana shu ilohiy, odil o'lchov tufayli avvalda qul qul qilingan Suhayb Rumiy roziyallohu anhu Islom jamiyatidagi eng hurmatli shaxslardan bo'ldilar.
 
Ana o'sha ilohiy, odil o'lchov tufayli musulmon olami Imom Buxoriyni o'zining hadisdagi amiri deb, u kishining kitoblarini Qur'oni Karimdan keyingi eng sahih kitob, deb e'lon qildi va hozirgacha e'zozlab kelmoqda.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Qadimdan turli jamiyatlarda inson qadri turli narsalarga bog'liq bo'lib kelgan.Har bir jamiyat o'z mafkurasidan, dunyoqarashidan, inson zotiga munosabatidan kelib chiqib, uni turlicha taqdirlagan.
 
Qaysidir bir jamiyatda kuchli inson eng yaxshi va eng qadrli hisoblangan.Boshqa bir jamiyatda esa hukmdor, amaldor inson qadr topgan.
Hindlarda oliy diniy tabaqadan tug'ilganlar, yahudiylarda yahudiy bo'lib tug'ilganlar eng yaxshi odam hisoblangan.Qolganlarga ularning malaylari, deb qaralgan.
Xudosizlar jamiyatida esa, iymonsiz bo'lsada, davlatga ko'p foyda keltirgan odam qadrlangan va hokazo.
 
Shu bilan birga odamlar o'ylab chiqargan inson qadrining o'lchovlari ichida turli tuzum va fikrlarni umumlashtirib turuvchi narsalar ham bo'lgan.Kishining surati va molu mulki ana shu jumlaga kiradi.Har bir insonda aslida chiroyli surat va molu dunyoga ishtiyoq bo'ladi.islomiy tarbiya esa, o'sha ishtiyoqni me'yorga solib, to'g'ri yo'lga yo'llab turadi.
 
Islomiy tarbiya bo'lmagan joyda bu ishtiyoq me'yordan chiqadi, mafkuraga aylanib odamlar tashqi surati, qo'lidagi molu dunyosiga qarab qadrlanadigan bo'lib qoladi.
 
Islomda insonning qadr- qimmati qalbining pokligi, undagi iymon-ixlos va qilgan yaxshi amallari bilan o'lchanadi.Islom nazarida qalbi pok, iymonli inson dunyodagi barcha go'zal suratlardan go'zaldir, mo'min insonning solih amali dunyodagi barcha molu dunyodan ustundir.
 
Alloh taolo insonni tashqi suratiga qarab emas, qalbining pokligiga qarab baholaydi.
Alloh taolo insonni molu dunyosiga qarab emas, solih amaliga qarab taqdirlaydi.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Inson o'z taqdiriga bitilganini qabul qilganida o'zini anchagina xotirjam his qiladi.U qanday holda bo'lishidan qat'iy nazar, muammo qanchalar katta dard qanchalar ulkan bo'lmasin u kim tomonidan berilganini va uni qabul qilishgina sizni bu holatdan qutqara olishini tushunishimiz lozim.Tasavvur qiling bir juda yaqin insoningiz sizga bir hadya berdi, lekin u hadya siz yoqtirgan telefon yoki qimmatli aksessuar emas, shunchaki bir esdalik uchun buyum.Balki u buyum sizga umuman yoqmas , ammo uni bergan inson siz uchun bebaho va yaqin, ana shu sovg'a siz uchun boshqa sevimli buyumlaringizdanda qadrli bo'lishi katta ehtimol.E'tibor bering ana shu buyumni qiymatini oshirgan narsa ana shu sevgan, hurmat qilgan insonimiz.Balkim bu o'xshatish xatodir, lekin Alloh bilan ham shunday bo'ladi.Agar biz chin qalbdan Uni sevarkanmiz,U bizni taqdirimizga nima bitishidan qat'iy nazar, bu narsa bizga yoqsa yoqmasada biz uni jon deb qabul qilamiz, hatto mamnun ham bo'lamiz.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
You tube platformasida bir ajoyib so'zlarga duch keldim.Ingliz tilidan tarjima qilinganda shunday ma'noni tushunish mumkin edi "Agar sizga kimdir o'zi qiyin holda bo'lsa ham yordam bersa va bu ko'proq qiynallishiga sabab bo'lsa demak bu yordam emas, bu chin muhabbat, shunday ekan uni qabul qiling". Ta'sirli shundaymasmi?!
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
O men of UmmaLife!
Fear Allah and have modesty.
Did you come here only to give girls empty nikah proposals?
At this rate, I believe that soon Muslim women who know their worth will leave UmmaLife.
Aren’t you ashamed to write to a girl you don’t even know and offer a dry, meaningless marriage proposal?
Neden “kuru” diyorum? Özelden yazdınız, tamam.
Ama o zaman niyetinizi tek bir mesajda açıkça anlatın.
O ya evet der ya hayır.
Eğer cevap vermiyorsa, hoşuna gitmemiş ya da ne diyeceğini bilememiş olabilir.
Kendinizi tanıtın: kimsiniz, hedefleriniz neler, ne yapabilirsiniz, bu kız için şimdi ve nikâhtan sonra neler verebilirsiniz, neden aile kurmak istiyorsunuz.
Sonra annesini ya da babasını güzel bir şekilde isteyin. Vermeyebilirler, buna da hazır olun.
Пожалуйста, создавайте семью с человеком вашего уровня, вашего уровня знаний.
Мужчина должен быть выше своей жены в знании и богобоязненности.
Ваши знания слабы, ваши поступки непостоянны, но вы предлагаете брак девушке, которая более образованна, чем вы.
А если завтра она станет такой же, как вы, надеясь вас изменить?
Если бы люди могли менять других, Посланник Аллаха ﷺ изменил бы своего дядю.
لا تتقدموا للزواج إلا عندما تكونون مستعدين حقًا،
وعندما تقولون: سأبذل كل جهدي لأصل إلى هذه الفتاة.
إذا لم تعطكم رقم والدها أو والدتها، فابحثوا بأنفسكم.
أوزبكستان ليست بلدًا كبيرًا.
فالشيء الذي يُنال بالمشقة يكون أغلى.
الرجل الذي يريد بصدق، يصل مهما تعب.
أنا أؤمن بذلك، وقد رأيت أمثلة من حولي.
 
 
 
©️ Olindi
Send as a message
Share on my page
Share in the group