Translation is not possible.
Inson o'z taqdiriga bitilganini qabul qilganida o'zini anchagina xotirjam his qiladi.U qanday holda bo'lishidan qat'iy nazar, muammo qanchalar katta dard qanchalar ulkan bo'lmasin u kim tomonidan berilganini va uni qabul qilishgina sizni bu holatdan qutqara olishini tushunishimiz lozim.Tasavvur qiling bir juda yaqin insoningiz sizga bir hadya berdi, lekin u hadya siz yoqtirgan telefon yoki qimmatli aksessuar emas, shunchaki bir esdalik uchun buyum.Balki u buyum sizga umuman yoqmas , ammo uni bergan inson siz uchun bebaho va yaqin, ana shu sovg'a siz uchun boshqa sevimli buyumlaringizdanda qadrli bo'lishi katta ehtimol.E'tibor bering ana shu buyumni qiymatini oshirgan narsa ana shu sevgan, hurmat qilgan insonimiz.Balkim bu o'xshatish xatodir, lekin Alloh bilan ham shunday bo'ladi.Agar biz chin qalbdan Uni sevarkanmiz,U bizni taqdirimizga nima bitishidan qat'iy nazar, bu narsa bizga yoqsa yoqmasada biz uni jon deb qabul qilamiz, hatto mamnun ham bo'lamiz.
Send as a message
Share on my page
Share in the group