Translation is not possible.
Qadimdan turli jamiyatlarda inson qadri turli narsalarga bog'liq bo'lib kelgan.Har bir jamiyat o'z mafkurasidan, dunyoqarashidan, inson zotiga munosabatidan kelib chiqib, uni turlicha taqdirlagan.
 
Qaysidir bir jamiyatda kuchli inson eng yaxshi va eng qadrli hisoblangan.Boshqa bir jamiyatda esa hukmdor, amaldor inson qadr topgan.
Hindlarda oliy diniy tabaqadan tug'ilganlar, yahudiylarda yahudiy bo'lib tug'ilganlar eng yaxshi odam hisoblangan.Qolganlarga ularning malaylari, deb qaralgan.
Xudosizlar jamiyatida esa, iymonsiz bo'lsada, davlatga ko'p foyda keltirgan odam qadrlangan va hokazo.
 
Shu bilan birga odamlar o'ylab chiqargan inson qadrining o'lchovlari ichida turli tuzum va fikrlarni umumlashtirib turuvchi narsalar ham bo'lgan.Kishining surati va molu mulki ana shu jumlaga kiradi.Har bir insonda aslida chiroyli surat va molu dunyoga ishtiyoq bo'ladi.islomiy tarbiya esa, o'sha ishtiyoqni me'yorga solib, to'g'ri yo'lga yo'llab turadi.
 
Islomiy tarbiya bo'lmagan joyda bu ishtiyoq me'yordan chiqadi, mafkuraga aylanib odamlar tashqi surati, qo'lidagi molu dunyosiga qarab qadrlanadigan bo'lib qoladi.
 
Islomda insonning qadr- qimmati qalbining pokligi, undagi iymon-ixlos va qilgan yaxshi amallari bilan o'lchanadi.Islom nazarida qalbi pok, iymonli inson dunyodagi barcha go'zal suratlardan go'zaldir, mo'min insonning solih amali dunyodagi barcha molu dunyodan ustundir.
 
Alloh taolo insonni tashqi suratiga qarab emas, qalbining pokligiga qarab baholaydi.
Alloh taolo insonni molu dunyosiga qarab emas, solih amaliga qarab taqdirlaydi.
Send as a message
Share on my page
Share in the group