UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Amerikaning eng katta geosiyosiy maqsadlaridan biri Yevrosiyo mintaqasidir. Mintaqaviy hukmronlik uchun bir - birlari bilan kurashib kelgan va global hokimiyatga erishishga intilgan Yevrosiyo davlatlari va xalqlari soʻnggi ming yillikning yarmidan buyon jahon siyosatida katta ta\'sirga ega edilar. Hozirda Yevrosiyoda mazkur mintaqada joylashmagan davlat yetakchi rolni oʻynamoqda va Amerikaning hozirgi global siyosatda ustunligi toʻgʻridan toʻgʻri Yevrosiyo qit\'asida uning yetakchiligining davomiyligi hamda samaraliligiga bevosita bogʻliq.

Davomi...

Shubhasiz , bu vaqtinchalik holat. Ammo undagi ( Yevrosiyo ) yetakchilikning bardavomligi va undan keyin yuz beradigan jarayonlar nafaqat Amerikaning faravonligiga , balki butun dunyo tinchligi uchun ham katta ahamiyatga egadir. Dunyoda yetakchi va yagona global kuchning , ya\'ni Amerikaning jahon siyosatida toʻsatdan paydo boʻlishi , dunyo tinchligini xavf ostida qoldirdi. Chunki Amerikaning jahon siyosatidagi oʻz oʻrnini tark etishi yoki boshqa bir yetakchilikka da\'vogar yangi raqibning toʻsatdan paydo boʻlishi xalqaro barqarorlikka tahdid soladi. Aslini olganda bu global anarxiyaga olib kelishi mumkin edi. Garvard universiteti siyosatshunosi Samuel. P. Hantington oʻzining quyidagi fikrlarida haq ekanligini koʻrish mumkin:

,, Qayerda Amerika Qoʻshma Shtatlarining yetakchilik ta\'siri mavjud boʻlmasa , ushbu ta\'sir mavjud boʻlgan mintaqaga qaraganda koʻproq zoʻravonlik , tartibsizlik , demokratiya va iqtisodiy pasayish kuzatiladi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining doimiy xalqaro yetakchilik roli amerikaliklarning farovon va xavfsiz hayoti hamda dunyodagi erkinlik , demokratiya , ochiq iqtisodiyot va xalqaro tinchlik uchun muhimdir \".

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Hazrati Usmon Mus'hafining Oʻzbekistonga qaytib kelishi. Bu voqea tarixiy hodisa boʻlib mus'hafning qaytib kelishi Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf hazratlarining Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi boʻlgan vaqtlariga toʻgʻri keladi. Usmon Mus'hafi Paygʻambarimiz alayhissalomning sahobalaridan Hazrati Usmon roziyallohu anhu davrlarida yozilgan. Manbalarda bu Mus'haf Amir Temur davrida Misrdan kelgani aytiladi. Hozir Usmon Mus'hafi dunyoda 5 ta yoki 4 ta davlatda saqlanadi. Shulardan bittasi Oʻzbekistondadir. Mus'haf kiyik terisiga yozilgan. Sababi oʻsha davrda kiyik terisi yozuv saqlanishi uchun boshqa hayvonlarning terisidan yaxshi edi. Boshqa hayvonlarning terisiga bitilgan kitob tez yoʻq boʻlib ketgan. Kiyik terisi uzoq vaqt dosh bergan. Bizdagi bu Mus'hsfning tarixi VII asrga Hazrati Usmon roziyallohu anhu davrlariga borib taqaladi.

Video Islom.uz ning You Tube dagi sahifasidan olindi. Videoda nosozliklar borligi uchun uzr.

14 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group
9 month Translate - Youtube
Translation is not possible.

Sharqiy Turkiston... deb yoza boshlaganimda , ayta boshlaganimda yuragim ezilib ketadi , ruhim tushib ketadi. Hozir ham yozib oʻchirib ... yozib oʻchirib yozyapman... Soʻz aytgani negadir tilim aylanmayapti...

بسم الله الرحمان الرحيم

Sharqiy Turkiston - bugun Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan zulm koʻrayotgan va tahqirlanayotgan alohida bir xalq , hudud. Sharqiy Turkiston oʻzining chuqur tarixiga ega. U yerda bizning uygʻur birodarlarimiz ustiqomat qilishadi. Sharqiy Turkiston turkiylar asos solgan mustaqil bir davlat edi. Tarixning shafqatsiz zulm qilichi uygʻur birodarlarimizning ham boshiga tushdi. Hali beri bu zulm qilichi Sharqiy Turkiston boshidan koʻtarilgani yoʻq. Arab birodarlarimizning tanasida yiring kabi qonab yotgan yara ,, Falastin " boʻlsa , turkiylarning tanasidagi qonli yara ,, Sharqiy Turkiston " dir. Bugun dunyo mazlumlarga adolat qilmayapti. Dunyoning e'tibori Sharqiy Turkistonagi mazlum birodarlarimizdan qaragani yoʻq. Falastin uchun kimlardir jon kuydirib yotibdi, kimlardir jon berib , jon olyapti... ammo Sharqiy Turkiston... u zolimlarga qanday kurashadi?! Qoʻlida quroli yoʻq , otgani toshi yoʻq. Uylari qamoqxona , har qadami nazoratda...

Men sizga bir Sharqiy Turkistonlik bir uygʻur birodarimizning u yerdagi voqealar haqida aytib bergan videoni havolasini yozib qoʻyaman koʻring https://youtu.be/jqwEoMsYnDA?si=Fd-ZJfkz7Qd_RNyP

Menda yana bir taklif bor:

Biz musulmonlar , Markaziy Osiyoliklar Sharqiy Turkistonga zulm qilayotgan Zolimga qoʻlimizga qurol olib kurasha olmasmiz. Kuchimiz yetmas. Lekin zulmga qarshilik koʻrsatishning ,, yumshoq " va ,, samarali " usullari bor. Sharqiy Turkistonga ziyorat uchun , uygʻur birodarlarimizning holidan xabar olgani davlatlar liderlari borsin. Zolimning qosh - qovogʻiga qarab qolmasin borsin! Zolimdan SHARQIY TURKISTONga sayohat yoʻllarini ochisni talab qilsinlar. Bular amalga oshsa endigi vazifa xalqqa...

Xalq yuqoridagi imkoniyatlar berilsa Sharqiy Turkistonga qondosh va qardosh birodarlarini ziyorat qilgani borsin. Sharqiy Turkistonda va oʻz yurtida turkiy an'ana va bayramlarni , xususan uygʻur birodarlarimiz nishonlaydigan bayramlarni namoyish qilib , oʻtkazib tursin. Bu bilan xalq Sharqiy Turkiston bilan birdamligini koʻrsatib tursin Zolimga. Shoyad Zolimgan bu ta'sir qilib zulm panjasini Sharqiy Turkiston ustidan tortib olsa...

Allohim Sharqiy Turkistondagi boshqa yurtlardagi mazlum birodarlarimizga ofiyat va nusrat ber!.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Buxoro Amiri Shohmurod ( 1785 - 1800 ).

Ibratli tarix. Shuni alohida ta'kidlardimki, xalqimiz ichida ,, oʻzbeklarning oʻrta asrlar tarixi qora sahifalardan iborat " yoki ,, uchta xonliklar - boʻlmagʻur xonliklar " degan gaplar yuradi. Bu gaplar asosli gaplar emas. Har davrning tarixini ibratli voqealari , ibratli podshohlari boʻladi. Quyida Buxoro Amiri Shohmurod bilan bogʻliq voqea bilan tanishing.

Аҳмад Дониш айтади:

Бухоронинг манғитлар сулоласидан бўлган Шоҳмуродхон хизматкорини чақириб шундай топшириқ берди:

– Бугун, Рамазон кечасида қалбим шоҳона паловни хоҳлаб турибди. Ғазначига борда, менинг кунлик таъминотим учун ажратилган пулдан ол ва агар бу камлик қилса айт, эртанги пулдан ҳам қўшсин! Ифторликка турли зираворлар қўшиб энг ширин палов тайёрлат ва бошқа масаллиқлар билан қўшиб олиб кел. Ифторлик дастурхони чинакам хонларга хос бўлсин.

Шом яқинлашгач Хон хизматкорни чақириб секингина буйруқ берди:

– Энди мадрасага бориб тўрт нафар мискин талабани олиб кел!

Хизматкор тўрт нафар талабани етаклаб келди. Шом кириб, намоз ўқилди. Заъфарон ва бошқа турли зираворлар қўшиб тайёрланган палов келтирилди. Унинг хушбўйлиги томоқни қитиқлаб, оғизнинг сўлагини оқизадиган даражада эди. Шунда хон талабаларга юзланди:

– Мана бу паловни енглар, ҳеч нарса қолмасин. Агар тўлиқ еб тугатсангиз, давлат хазинасидан бир динордан олтин танга бераман. Агар паловни тугатмасангиз, олтин тангадан умид қилманг!

Талабалар иштаҳа билан паловни еб бошлашди. Хон эса уларга тикилганча тасбеҳ айлантириб ўтирди. Кейин Рамазон ойи ҳадяси сифатида талабаларга бир динордан пул беришни буюрди.

Хон паловга қўлини ҳам текизмади. Талабалар кетишди. Сўнгра у ўзи учун қуруқ нон ва совуқ сув сўради ва шу билан ифтор қилди.

©Hasan Al - Muqriy ( Facebookdagi sahifasidan olindi ). Matnga qoʻshimchalar muallif tomonidan kiritilgan.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

📖Ka'baning ustiga chiqqan imom. Yoxud Imom Shomil haqida.📜

,, Oxirini oʻylagan qahramon boʻla olmas ".

Imom Shomil.

XIX asr boshlarida Rossiya imperiyasi oʻzining keng istilochilik yurishlarini boshladi. Dastlab uning chegaralari Sharqqa va Janubga qarab kengayib borayotgan edi. Shunday davrda navbat Shimoliy Kavkazga keldi. Ruslarning kengayib borayotgan chegarasi Dogʻiston va Checheniston hududlariga borib taqaldi. Bu yerlar Shimoliy Kavkaz deyiladi. Shimoliy Kavkaz xalqi ruslarga misli koʻrilmagan qaqshatqich zarba berdi. Ruslar bu yerlarni egallash uchun 30 yildan ortiq vaqt sarfladi.

Shimoliy Kavkaz xalqlariga milliy ozodlik kurashi uchun Imom Shomil boshchilik qildi. Imom Shomil Dogʻistonlik olim , Naqshbandiya tariqatidagi soʻfiy, qori va harbiy sarkarda edi. Imom Shomil baquvvat jussali , baland boʻyli ( 2 metr ) , oʻtkir nigohli inson edi. Uni koʻrgan odam undan hayiqib turardi.

Kavkaz xalqlari ruslarga jiddiy qarshilik koʻrsatdi. Jangda hatto ayollar ham qatnashardi...."Jang dahshatli edi. Ayollar qo‘lida qurol bilan jangda faol qatnashdilar. Rahm-shafqat haqida o‘ylash ham mumkin emas edi. Tog‘liklar aqldan ozganday askarlarimiz ustiga yopirilmoqda. Ular taslim bo‘lmasdan mardlarcha jang qildilar. Hatto, jarohat olgan tog‘lik arslondek olishmoqda. Ular taslim bo‘lish taklifiga miltiq o‘qlari va xanjar zarbalari bilan javob berishmoqda”.

Rus generali Milyutin Axulko.

Imom Shomilga ruslarga qarshi kurashish uchun Usmonlilar ham yordam berib turdi. Inglizlar ham oʻz manfaati yoʻlida Kavkazliklarni jangga chorlab turdi.

Imom Shomilni janglarda magʻlub qila olmagan ruslar hiyla ishlatish yoʻliga oʻtdi. Ular imomni sulh tuzish uchun uchrashuvga taklif qilishdi. Bunga ishongan Imom Shomil ruslar taklif qilgan yerga uchrashuvga sulh tuzish uchun bordilar. Shu yerda ular imomni qoʻlga oldi. Ruslar Imom Shomilni Sankt Peterburgga ( Rossiyaning oʻsha paytdagi poytaxti ) imperator Aleksandr II huzuriga yubordi. Imperator imomni iliq kutib oldi va mehmon qilish uchun dasturxonga taklif qildi. Imom Shomil va imperator Aleksandr II bilan dasturxon ustida suhbat boʻlib oʻtganidan soʻng podsho imomni Kaluga shahriga joʻnatib yuboradi. Bu yerda Imom Shomil 10 yil tutqunlikda boʻldi. Imom Shomil tutqunlikda saqlangan joy zindon emasdi. Asilzodalar yashaydigan qasr edi. 1869 yil fevralda Imom Shomil imperatordan Makkaga haj qilish uchun ruhsat soʻraydi. Ruhsat berilgach Imom toʻgʻri Istanbulga boradi. Istanbulda Imom Shomilni Usmonli sulolasining oʻsha vaqtdagi sultoni Abdulaziz I kutib oladi. Istanbulda sulton imomga Misr poshosi bilan munosabatlar sovuqlashib qolganidan shikoyat qiladi. Imom Shomil Istanbulda biroz turgach Misrga joʻnaydi. Misrda Imom Shomil Ismoil posho bilan uchrashadi va Sulton bilan ikklasini yarashtirib qoʻyadi. Ismoil Posho Imomni Suvaysh kanali ochilish marosimiga taklif qiladi va kanalni ochilish marosimida qatnashadi. Imom Shomil Misrdan soʻnga Makkaga ketadi. Makkada imomni Makka voliysi va minglab musulmonlar kutib oladi. Imom Shomilni Makkaga kelganini eshitgan yuz minglab musulmonlar imomni koʻrish Baytullohga keladi. Iloji qolmagan Makka amiri Imom Shomilni Ka'ba ustiga chiqaradi.

Imom Shomil toʻplangan musulmonlarga salomlar yoʻllab oʻsha mashxur soʻzini aytadi ,, Oxirini oʻylagan qahramon boʻla olmas " .

Imom Shomil Makkada haj ziyoratini ado qilib Madinaga tashrif buyuradi va oʻsha yerda 1871 yil fevralda olamdan oʻtadilar ( Alloh u kishining rahmatiga olsin ) . Qabrlari Madinada Jannat - ul Baqi qabristonida....

Manbalar:

©Piter Hopkirkning Katta oʻyin va Qalampir.uz dagi maqolalardan foydalanildi.

image
image
image
image
image
image
+4
Send as a message
Share on my page
Share in the group