Inson dunyo uchun emas, dunyo inson uchun yaratilgandi. Alloh uchun yaratilgan birgina inson ham, o\'zi uchun yaratilgan bu dunyodan, albatta, muhim, albatta, qiymatli edi.
Dunyo bilan inson qoʻl bilan qoʻlqop, oyoq bilan oyoq kiyim kabi edi. Qaysi qoʻlqop bir qoʻldan, qaysi oyoq kiyim bir oyoqdan qiymatliroq boʻlishi mumkin. U holda qo\'llari bahosiga qoʻlqopni, oyoqlari bahosiga oyoq kiyimni, o\'zlarini bahosiga esa dunyoni qoʻlga kiritishni xohlaganlar nima qilayotganini va qanday bir xato ichida ekanliklarini hech o\'ylab ko\'rmaydilarmi? Qoʻl ketgandan keyin qoʻlqopning, oyoq ketgandan keyin oyoq kiyimning, inson ketgandan keyin dunyoning qanday ahamiyati va qanday qiymati qolardi?!
Reklamalarini shayton qilayotgan dunyo marketda qo\'lini berganga qoʻlqop, oyogʻini berganga oyoq kiyim, umrini berganga dunyo beramiz, shaklida bir kompaniya boʻlsa, qaysi aqlli inson bu marketga xaridor bo\'lardi? Hech bir inson, hech bir aqlli inson bu marketga xaridor bo\'lmas ekan, u marketda bir-birlari bilan turtilib-surtilib, bir-birlari bilan yonma-yon turgan milliardlarcha inson kim edi? Ular nima qilayotganlarini, nima oldi-berdi qilayotganlarini bilmaydilarmi? Bilmaydilar, albatta, bilmaydilar! Chunki qoʻlqopning orqasidan borar ekan qo\'llarini, oyoq kiyimining orqasidan borar ekan oyoqlarini, dunyoning orqasidan borar ekan umrlarini yoʻqotganlarini keyin, ancha keyin tushunadilar. Qorongʻu marketing ichida ekan, buni tushunmagan milliardlarcha inson tobut ichida marketdan tashqariga, ya\'ni yorugʻlikka chiqqanlarida faqat shundagina nima qilib qoʻyganlarini, qanday bir oldi-berdi qilganlarining farqiga boradilar. Albatta, kechikish, albatta, kech qolganlik bo\'lar edi. Endi mingta qoʻlqop bersalar ham, yangi bir qoʻlga, ming dunyo bersalar ham, yangi bir umrga ega boʻla olmaydilar.
© Mehmet Olaqosh \"Devona\"