UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Qabrda tinch uxlamoqchi bo'lsangiz, bu dunyoda uyg'onishingiz kerak!

5 month Translate
Translation is not possible.
Bir paytlar Alloh sizni tubsiz chuqurlikdan olib chiqqanini, siz uchun eng qorong‘u yo‘llarni ham nur bilan to‘ldirganini unutmang. Alloh sizga bergan imkon, najot va ne’matlarni eslash iymonni tirik tutishning yo‘lidir..
Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 month Translate
Translation is not possible.
Shunday vaziyatlar bo'ladiki, iymoningiz sizni buzadi, buning asosiy sababi gunohlaringizdir..
Ular birin-ketin ko'payadi, va Allohdan qo'rqish hissini yo'qotadi.. siz namozni tark etasiz, yolg'on so'zlay boshlaysiz, haromga qaraysiz, va unga qo'l urasiz lekin bu odatiy xolga aylanib qolishi mumkin..
Men.. taslim bo'lmasligingizni so'rayman.
Nafsingiz bilan, o'sha sizni yo'ldan urgan nafsingiz bilan, fitna va gunohlar bilan o'lguningizcha jang qilishingiz kerak! Qancha ko'p gunoh qilgan bo'lsangiz ham Allohga qayting, u sizni mag'firat qilguvchi yagona rahimli zotdir..
Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 month Translate
Translation is not possible.
Ta’lim manhaji
من رام العلم جملة ذهب عنه جملة..
Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi..
Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rohimahulloh Hidoya asarlarini 13 (o‘n uch) yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar..
Imom Buxoriy rohimahulloh Sahihul Buxoriyni 16 (o‘n olti) yilda, har doim tahorat va ikki rakat nafl namoz o‘qib, so‘ngra yozganlar..
Qur’oni Kariym ham 23 (yigirma uch) yilda nozil bo‘lgan...
Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy-himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid, hech qachon jamlanmaydi.
Ey tolibi ilm! Ilmning eng boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo..
Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi. Alloh taolo barchamizga foydali ilm bersin va ilm olishlikni oson qilsin..
العلم نور
Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 month Translate
Translation is not possible.
Faqat o'zingdan kuchli bo'lganlar bilan ishlashga harakat qil. Aynan shunday odamlar seni o'sishga undaydi. Qulaylikda qolgan inson o‘smaydi. Seni qiyinchiliklar bilan to'qnashtiradigan insonlar (albatta to'g'ri ma'noda ya'ni dushmanlar emas) seni shakllantiradi. Har doim fikringni tasdiqlaydiganlar emas, balki kengaytiradiganlar bilan bo'l. Shundagina sen doim bir pog'ona balandda bo'lsan.
العلم نور
Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 month Translate
Translation is not possible.
– Bugun sog'lomsiz, ertaga kasal bo'lasiz.
– Bugun siz yoshsiz, ertaga qarisiz.
– Bugun siz bo'shsiz, ertaga esa allaqachon bandsiz.
— Bugun siz tiriksiz,
— va ertaga siz albatta o'lgansiz..
G'aflatdan uyg'onish va Allohga qaytish uchun kech bo'lmaydi. Hayoting davom etayotgani bu hali kech emasligining belgisi. Ammo unutma, bir kun albatta oxirgi kuning bo‘ladi. Sen Allohdan uzoqlashganingda ham, U senga rizq berishda va gunohlaringga ko'z yumushda davom etadi. Endi o‘ylab ko‘r, sen bu mehrga qanday javob qilyapsan..?
العلم نور
Send as a message
Share on my page
Share in the group