UMMA TOKEN INVESTOR

About me

🌷بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله

ترجمہ ممکن نہیں

Koʻpchilik Qur’on oʻqiyotganda vasliy hamza kelib qolsa ibtido (oʻsha soʻzdan boshlash)da doim fatha bilan harakatlantiradi yoki 3-harfning harakatiga qaraydi. Ammo bu yoʻl doim ham ishlayvermaydi, ya’ni 3-harfning harakatiga qarash faqat fe’llarda boʻladi. Quyida vasliy hamzaga qachon qaysi harakat berilishini sodda tushuntirib oʻtaman💕

1. Vasliy hamza faqat ال bilan boshlangan soʻzlarda fatha oladi:

الْعَالَمِينَ | الصِّرَاط

2. Agar ال artikli bilan boshlanmagan boʻlsa, avval uning ism yo fe’lligini bilishimiz lozim. Arab tilini bilmasangiz, suratda⬆️Qur’onda kelgan vasliy hamza bilan boshlanuvchi ismlarning barchasi berib oʻtilgan, biror yerga yozib oling va bu soʻzlarning barchasida vasliy hamzadan boshlasangiz 3-harfga qaramay kasra bilan oʻqing: ibnu, imroatu, ibnatu, istikbaron..

3. Agar soʻz ال artikli bilan boshlanmagan va yuqoridagi soʻzlardan biri ham boʻlmasa, unda fe’l boʻladi va mana shunda vasliy hamzani ham hisoblab soʻzdagi 3-harfning harakatiga qaraymiz:

- agar 3-harf damma harakatli boʻlsa, vasliy hamzani ibtidoda ham damma bilan oʻqiymiz:

ادْخُلُوا –

xo harfi dammali, demak [udxuluu]

- agar 3-harf fatha yo kasrali boʻlsa vasliy hamzani ibtidoda kasra bilan oʻqiymiz:

اهْدِنَا –

dal harfi kasrali, demak [ihdinaa]

اتَّقوا –

ta harfni fathali*, demak [ittaquu]

*shaddali harf 2ta hisoblanadi

©️https://t.me/xodimatulQuran

image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
umma_sk  
5 month Translate
ترجمہ ممکن نہیں

Alloh õzing gõzal amalda bardavom ayla🤲🏻

Suhbatlarni eshitamiz. Lekin nega amal qilolmaymiz? ❓

✅ Ustoz Husayn Buxoriydan koʻpchiligimiz mubtalo boʻlgan «dard» haqida kerakli nasihat!

➡️ Xabarni shu «dard» bilan dardlangan yaqinlaringiz bilan boʻlishing!

#nasihat

Husayn Buxoriy

#islam #quran #husaynyahyoabdulmajid #hasanxondomla #hasanalmuqriy #koran #aqiyda #tasavvuf #tafsir #islomuz #shayxmuhammadsodiqmuhammadyusuf #ahlisunna #iymon #namoz #ummat #musulmon #maruza #islomiyvideolar #islomiy #qiziqarli #ustoz #husaynbuxoriy #husaynqori #quron #hadis #siyrat #tafsir #reels #shorts

image
image
image
image
image
image
+4
Send as a message
Share on my page
Share in the group
ترجمہ ممکن نہیں

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
5 month Translate
ترجمہ ممکن نہیں

Kundalik virdga kiritish kerak boʻlgan sura va oyatlar:

☁️ Bomdod va shomning sunnatlarida “Kafirun” va “Ixlos”ni zam qilish

☁️ Xufton vitrida “A’la”, “Kaafirun” va “Ixlos” suralarini zam qilish

☁️ har farz namozdan keyin “Ayat al-Kursiy” oyati (2:255)

☁️ Bomdod namozidan keyin joyidan turmasdan avval “An’om” avvalidan uch oyat oʻqish

☁️ Bomdoddan soʻng va kech kirganda “Ya-sin” surasi

☁️ Tong otganda va kech kirganda “Hashr” surasining oxirgi 3oyati

☁️ Shomdan keyin “Vaqia” surasi

☁️ Uyquga yotishdan avval “Mulk” surasi

☁️ Kech kirganda “Amanar-Rosul” oyati (2:285-286)

☁️ Uyquga yotishdan avval “Kahf” surasidan 10oyat oʻqish

☁️ Juma tunida “Kahf” va “Duxon” suralarini oʻqish

☁️ Juma kuni fajrda “Sajda” va “Inson” suralarini oʻqish

P.s. 1:

Har birining sahih hadislardan dalili bor, “Hadis va hayot 30-juz (Qur’on fazilatlari)”dan topish mumkin

P.s. 2:

Albatta bittalab boshlanadi, bir kunda hammasini oʻqib, keyin Mus’hafdan haftalab yiroqlashish yaramaydi..

Zero,

Amallarning Allohga eng sevimlisi oz boʻlsa-da, davomiy boʻlganidir.

(Buxoriy rivoyati)

@xodimatulquran

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
ترجمہ ممکن نہیں

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group