UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Islomiy shaxsiy rivojlanish trenerligi boʻyicha xalqaro sertifikat sohibi. Productive School asoschisi

Translation is not possible.

Musibatga ikki xil qarash mumkin

Birinchisi, "nega faqat men" deb, siqilib, shikoyat qilish

Ikkinchisi, qiyinchilikdan foydalanib, Alloh taologa qulligini izhor qilish

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Senga doim sen oʻta oladigan qilib berilgan sinov - undan muvaffaqqiyatli oʻtib, mukofot olishing uchun berilgan.

Isyon qilib, tushkunlikka tushishing uchun emas

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bir qiz ayol ustoziga oʻzining toʻyi kuni telefon qilyapti. Va savol soʻradi.

- Ustoz, hoʻjayinimni shu tunidan tahajjudga turgʻizishni boshlaymi yo hali boshlamay turaymi?

Savolning goʻzalligini qarang...

@AzizbekZubaydullayev

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Sening ham kam amal qilmayotganing holda, boshqalardek koʻp natija ola olmayotganingdan mahzun boʻlma.

Sening pok niyatli kichkina natijang qabul qilinib, millionlab insonlarga yetib borishi, boshqalarning esa Alloh rizosi koʻzlanmagan amali puch boʻlib chiqishi mumkin

"Sen "Agar nopokning koʻpligi seni ajablantirsa ham, pok bilan nopok teng boʻla olmas. Ey aql egalari, Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz" deb ayt"

Moida surasi, 100-ayt

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

⭐️Din va dunyo yulduzi boʻl

Keling, asosan 5-8-sinf uka-singillarimiz uchun tavsiyalarimni beray. Lekin, albatta, bu tavsiyalar deyarli barcha yoshdagi va holatdagi kishilar uchun ham foydali boʻladi

Ularga oʻzimga juda yaqin olib gapirmoqchiligim sabab, murojaat tonini biroz oʻzgartirishga ruhsat etgaysiz

❣️"Ukam, singlim, senga qaygʻuraman. Shu yoshdagi boshqa koʻpchilik yoshlar kabi sening ham vaqting behuda orzular va havaslarga aldanib isrof boʻlishini xohlamayman

Kel, senga bir nechta maslahatlarimni beray:

1️⃣ Hozir koʻpchilik aldanib qolgan "kim koʻp dunyoga ega boʻlish poygasi"ga aldanma. Dunyoviy bilimlarga xavotir bilan mukkasidan ketma.

Hali yosh boʻlishingga qaramay, kun tartibingni va butun xayolingni dunyoviy fanlarni chuqur oʻrganish tashvishi bilan toʻldirma.

✋Yetarlicha oʻrgan. Kelajak mutaxassisligingga kerak boʻladigan fanni oʻrtacha, darslikni tushuna oladigan darajada oʻrgan, kerakli tillar - ingliz, rus, arab tillarini oʻrgan, kifoya qiladi.

Hozirdan oʻrtacha bilim olish, yillar oʻtib kuchli bilim toʻplashingga sabab boʻladi.

Qolganiga esa diniy, shaxsiy, jismoniy rivojlanishingga kuchli eʼtibor qarat!

2️⃣ Keraksiz doʻstlardan voz kech

Sen barcha sinfdosh, mahalladosh, hamshaharlarni tabiiy doʻst deb bilishing mumkin.

Lekin afsuski, unday emas. Ular senga sen sezmaganing holda diningga, xulqingga, kelajagingga juda katta zarar berayotgan boʻlishi mumkin.

Ulardan hech qanday manfaatli gap, amal, xulq chiqmayaptimi, ulardan soʻzsiz yiroqlash!

Senga faqat ibrat, shijoat, xayr beradigan tanishlaring bilan doʻst boʻl. Ular bilan mustahkam munosabat qur!

3️⃣ Diningni kuchliroq oʻrgan.

Dinni kuchli oʻrganish - faqat din olimlari uchun saqlab qoʻyilgan ish emas. Uni oʻrganish va amal qilish - barchaning qoʻlidan keladigan, barchani donoroq, xushxulqroq, baxtliroq va muvaffaqqiyatliroq qiladigan ish.

Tushunishga sodda va juda saviyali kitoblar koʻp. Ular uchun kunida hech boʻlmaganda bir soat ajratsang, oʻzingdagi, qalbingdagi, ruhingdagi katta oʻzgarishni sezasan.

💖Baxt qayerda ekanini kashf qilasan...

Bu rasmda mashhur diniy kitoblarni sanadim. Ularni oʻqib chiqishni niyat qil!

(davomi bor)

Send as a message
Share on my page
Share in the group