UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

#jajjimusulmon

(bolalar uchun kichik barnoma 1)

Men kimman?

Mening Robbim Allohdir,

Bunga qalbim guvohdir.

Payg‘ambarim Muhammad

Ummatiman toabad.

Kitobimdir Qur\'onim,

Unga fidodir jonim!

\"Kimsan?\" desangiz qay on,

Aytaman: \"Men musulmon!\"

Din

Bilsang, din, ey musulmon,

Iymon, islom va ehson.

Iymon

Iymon rukni oltidir,

Aytay sizga birma-bir:

Avval keltirmoq iymon

Haq Allohga begumon.

So‘ngra malaklariga,

Keyin kitoblariga.

So‘ngra iymon keltirmoq

Rasullarga, ey o‘rtoq!

Oxiratga ishonch ham,

Ishonch dilga quvonch ham.

Qadar yaxshi-yomoni,

Allohdan bilmoq oni.

Islom

Islom rukni nechtadir ?

Sizga aytsam, beshtadir:

Iymon-u, namoz, zakot,

Ro‘za va haj, tutgin yod.

Ehson

“Ehson ne?\" deb so‘rsalar,

Aytay, sinab ko‘rsalar:

Allohga toat qilmoq,

Ko‘rib turgandek har choq.

Ko‘rmas esang sen Uni,

U ko‘rib turgay seni.

Davomi bor...

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

05.11.2013/01.01.1435. Toshkent.

https://t.me/sofhati

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#xotirjamlik

U Zotga tavakkul qilaylik!

U Zotdan qochishning iloji yoʻq, borar joyimiz faqat Uning huzuridir.Nimani his qilayotgan boʻlsak, nimadan qoʻrqayotgan boʻlsak,hamma tashvishlarimizni Uning Oʻziga topshirib qoʻyib xayollarimizdagi vasvasalardan qutilishga harakat qilib, miyyamizga dam beraylik...

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Hamon maktab va universitetlarimizda

-Shariat nima u?-deb daʼvo qiladigan oʻqituvchilarimiz bor ekan yoshlarimizning holiga voy.... !

Allohim barchamizni holimizni isloh aylasin,haq yoʻlidan adashtirmasin.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Gohida hayron qolasan.Bir joyning ayni bir oilaning ichida ham koʻrish mumkin.Dinimiz yuksalyapti ,odamlarning iymoni uygʻonyapti deymiz.Alhamdulillah shunday boʻlyapti ham.Lekin shu day urf-odat va "aqlli anʼanalar"ni koʻrib yoqangni ushlaysan.Yosh yangi oila goʻyoki yangi bir jamiyat,yangi bir davlatchadir.U nafaqat oʻz atrofidagilarga balki butun jamiyatimizga tasir qiladi.Bugungi kunda hamma taʼlimning pasayiz ketgangʻigi,maʼnaviyatning zavol topayotgani haqida bong urib soʻzlaydi.Mulohaza qilib koʻraylik bunga kim aybdor.Negizga eʼtibor bersak bir axloqsiz deb oʻylagan insonimiz undan bir necha yil avvalroq ikki kecha kunduz toʻy qilib,unday keyin,yaʼni uchunchi kuni nikoh oʻqitgan oilalarning farzandi boʻlib chiqmaydimi?!

Oila nikoh muqaddas narsa.Shariat ananalarga yoki insonlarning xohish istaklariga boʻysunmaydi!

Nima emish ikki kun toʻy qilib berilarmish,qizning uyida qilingan toʻydan soʻng qizni "kuyov" uylariga olib ketarkan.Qiz "kattalar" orasida tunni oʻtkazib,ertadi kuni yana qaytadidan kuyovtoʻra tomonidan qilinadigan toʻyda "yasanib",kech kirganda vallohu Aʼlam xuftondan oldin nikoh oʻqilarkan.Asliyatga qaralsa oʻzi maqsad pok nikoh emasmi.Nahot shuni tushunib yetish qiyin boʻlsa.Halol bilan boshlanmagan ishning oxiri va uning mevasi qanday boʻlishi mumkin.Alloh taolo Oʻzi tavfiq bersin bunday ishga yoʻl qoʻyayotgan ota onalarga.Qizini yoki oʻgʻlini nikohlab qoʻyish haqqini ado qila olishyaptimi?!

Bunday holda qurilga oiladan qanday biz Buxoriylarni,inb Sinolarni ,Salohiddin Ayyubiylarni kutamiz!

Yoshlarimiz xomxayollari yoki nafslarini istaklariga ergaversalar,ota onalar yoki ishboshilarimiz buni qarsaklar bilar qarshi olar ekanlar bizning jamiyatning halok boʻlgan kuni oʻsha toʻy boʻladi!!!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group