Translation is not possible.

#jajjimusulmon

(bolalar uchun kichik barnoma 1)

Men kimman?

Mening Robbim Allohdir,

Bunga qalbim guvohdir.

Payg‘ambarim Muhammad

Ummatiman toabad.

Kitobimdir Qur\'onim,

Unga fidodir jonim!

\"Kimsan?\" desangiz qay on,

Aytaman: \"Men musulmon!\"

Din

Bilsang, din, ey musulmon,

Iymon, islom va ehson.

Iymon

Iymon rukni oltidir,

Aytay sizga birma-bir:

Avval keltirmoq iymon

Haq Allohga begumon.

So‘ngra malaklariga,

Keyin kitoblariga.

So‘ngra iymon keltirmoq

Rasullarga, ey o‘rtoq!

Oxiratga ishonch ham,

Ishonch dilga quvonch ham.

Qadar yaxshi-yomoni,

Allohdan bilmoq oni.

Islom

Islom rukni nechtadir ?

Sizga aytsam, beshtadir:

Iymon-u, namoz, zakot,

Ro‘za va haj, tutgin yod.

Ehson

“Ehson ne?\" deb so‘rsalar,

Aytay, sinab ko‘rsalar:

Allohga toat qilmoq,

Ko‘rib turgandek har choq.

Ko‘rmas esang sen Uni,

U ko‘rib turgay seni.

Davomi bor...

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

05.11.2013/01.01.1435. Toshkent.

https://t.me/sofhati

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group