UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Mus’hafing ustida chang ko‘rsang holingga yig‘la.. Kim uch kun Qurʼon tilovatini uzrsiz tark qilsa, uni hojir (uzoqlashgan) deyiladi.

وَقَالَ ٱلرَّسُولُ يَٰرَبِّ إِنَّ قَوْمِى ٱتَّخَذُوا۟ هَٰذَا ٱلْقُرْآنَ مَهْجُورًا 

Va Payg‘ambar: “Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qurʼonni tark etdilar”, dedi.

Furqon, 30

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bir kishi Ibrohim Adhamning oldiga kelib: “Ey Abu Isʼhoq nafsim gunoh maʼsiyatlarga botib ketdi, sizda gunoh-maʼsiyatlardan qaytaradigan biror narsa bormi?” dedi.

Ibrohim Adham: “Agar mendan beshta xislatni qabul qilib olib ularga rioya qila olsang senga birorta ham gunoh zarar bermaydi,” deb javob berdi.

Haligi kishi: “Ularni ayta qoling ey Abu Isʼhoq”, dedi.

– Alloh taologa isyon qilmoqchi bo‘lsang Uning bergan rizqini yemagin!

– Unda qayerdan yeyman, axir yerdagi barcha narsa Uning bergan rizqi bo‘lsa!

– Unday bo‘lsa U bergan rizqni yeb turib, yana Unga isyon qilishni o‘zingga ep ko‘rasanmi?!

– Yo‘q albatta, ikkinchisini ayta qoling

– Alloh taologa isyon qilmoqchi bo‘lsang Uning yerida turmagin!

– Ey Ibrohim, bu birinchisidan ham dahshatliroqku. Mashriq ham, mag‘rib ham ularning orasida nima bo‘lsa hammasi Uning mulki-ku, Uniki bo‘lmagan qayerda turaman?

– Ey inson, U bergan rizqni yesang, Uning yerida yashasang, yana Unga isyon qilsang, shuni o‘zingga ep ko‘rasanmi?!

- Yo‘q aslo ep ko‘rmayman, uchinchisini ayta qoling

– Alloh taologa isyon qilmoqchi bo‘lsang U seni ko‘rmaydigan bir joyni topda, isyoningni o‘sha yerda qil!

– Hoy Ibrohim, bu nima degan gap? U Zot barcha sirlardan xabardor bo‘lsa, qalbdan kechayotgan narsalarni ham bilib tursa, biror narsa ham Unga maxfiy bo‘lmasa?!

– Hoy odam, Uning bergan rizqini yesang, U bergan makonda yashasang, U seni ko‘rib, barcha sirlaringdan xabardor ekanini bilsang, yana Unga isyon qilsang, shuni o‘zingga ep ko‘rasanmi?

– Yo‘q, aslo ep ko‘rmayman, to‘rtinchisini ayta qoling.

– Agar o‘lim farishtasi ruhingni olish uchun kelsa unga: meni qoldirib turgin, tavba qilib olay, degin

– U buni qabul qilmaydi-ku, dedi.

– Agar tavba qilib olishing uchun o‘limni o‘zingdan qaytarib tura olmasang, joningni olish uchun kelgan paytda aslo ortga surmasligini bilsang, qanday qilib xalos bo‘lish haqida umid qilasan?!

– Bo‘ldi, beshinchisini ham ayting.

– Qiyomat kunida Zaboniyalar (do‘zaxga kirganlarni azoblashga tayin qilingan farishtalar) seni do‘zaxga olib ketishga kelsalar ular bilan birga bormagin

– Ular bunga qarab o‘tirmaydilar-ku, dedi.

– Unday bo‘lsa najot topishdan qanday umidvor bo‘layapsan?!

– Ey Ibrohim, bo‘ldi, yetarli bo‘ldi, men Allohga istig‘for aytaman va Unga tavba qilaman!

Send as a message
Share on my page
Share in the group
odilxonqizi01 Changed her profile picture
10 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ey nafsim...

Keyin tavba qilaman va savobli ishlar qilaman deb o'z-o'zingni aldamoqdasan...

O'lim bulardan oldin kelib qolsa, pushaymon bo'lib qolasan. Ertaga tavba qilishni bugundan ustun deb bilyabsan, katta hato qilmoqdasan...

Imom G'azzoli Rahmatullohi a'layh...

Ey nafsim...

Hozir osondir, juda ham qulaydir ikkimizga ham, lekin oxirat kelganida Jannatning eshiklaridan kira olmasak bugungi osonchilik biz uchun og'ir bo'ladi...

Hozirgi osonchilikni deb keyingi qiyinchilikda qolmaylik do'zoxning olovida bitta men emas sen ham qiynalasan shuning uchun ikkimizni ham nadomatda qoldirma iltimos

©️Afsoh bintu Dilshod

@tawqatiy

10 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Umar ibn Qays rohimahulloh aytadilar;

,,Nafsini ramazondan oldin isloh qilganga yaxshiliklar boʻlsin’’

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group