UMMA TOKEN INVESTOR

muzaffar_jaxongir Сhanged his profile picture
9 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ayol

Ayolning go'zalligi hayosidadir, u hayoli bo'lsa ummat hayoli bo'ladi.

Ayol qanoat ramzidir, uning sabr-toqatidek ulug'vor narsani ko'rmaganman.

Ayol iymonning yarimidir, u bilan yarim iymoningni butun qilasan.

Ayolni zaif deb bilgan adashibdi, kuch deb bilgan zafar topibdi.

Ayol bilan huzur topasan, ayolsiz zaif bo'lib qolasan.

Ayol yoningda sen bilan birga ekan har bir narsa sen uchun osondir, sendan yiroq bo'lsa sen uchun mushkuldir.

Ayollar seni va farzandlaringni dunyoga keltirayotganda shundayin qattiq qiynaladiki, sen bu og'riqni tushingda ham ko'rmagansan.

Shunday ekan, haddingni bil va uni o'ziga xos va mos tarzda muomulada bo'l.

Farzandim tug'ilish arafasida shunday xulosaga keldim: "Ayol haqiqiy matonat ramzidir".

Hamma ayollarga rahmat aytaman, siz bor ekansiz, millat barhayot

Bugun farzandlik bo'ldim Alhamdulillah. Ayolimga rahmat, Alloh uni go'zal suratda mukofotlasin, sabr qilgan barcha qiyinchiliklariga Alloh ko'pdan-ko'p ajr-u hasonatlar yog'dirsin.

@muzaffars_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Haqiqiy savdogar

Savdodagi birgina harakat seni raqamlarda foyda yoki zararga kirishingga sababchi bo’ladi.

Savdodagi samimiylik mijoz sendan qayta sotib olinishni ta’minlaydi.

Sen mijozingga qanchalik yordam bersang, mijoz sendan shunchalik rozi bo’ladi, bir insonni ko’ngli shod bo’lishiga sababchi bo’lasan va bu orqali hayotingga baraka kiradi.

O’zingga ravo ko’rgan yaxshilikni boshqa bir birodaringga ham xuddi shunday qilib ulashki, u ham bundan bahra olsin hamda bu senga har tomonlama foyda bo’lsin.

O’zing sotib olsang ko’paytirib ber, sotayotganingda kelishtirib ber.

O’zingga biriktirilgan vazifani ideal qilishga intilki, bu ayni sohibingning sunnnatidir. Shundagina najot topasan.

Yo'lboshching maqtagan o'z ishingni sharafli kasb deb bil. Zero, sen insonlarni og'irini yengil qilishga sababchi bo'lasan.

@muzaffars_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Muvaffaqiyat kaliti

Ustozim bilan gaplashdim, tanbeh eshitdim, ilm oldim, xulosa qildim va amal qildim. Foyda oldim

Universitetga kirdim, tanish orttirdim, tanbeh eshitdim, ilm oldim va amal qildim. Manfaatli jamoaga qo'shildim

Ishga kirdim, tajriba orttirdim, ish o'rgandim, tanbeh eshitdim, ilm oldim va amal qildim. Kasbiy rivojlandim

Ishdan bo'shadim, xato qildim, tajriba orttirdim, xatodan xulosa qildim va boshqa bu ishni qilmadim. Bundan ham yaxshi ishga joylashdim va bu shaxsiy rivojlanishimga sabab bo'ldi

Do'st orttirdim, manfaat oldim, xiyonat ko'rdim, kim bilan birga bo'lishimni chundim, do'st tanlashni boshladim. O'zimdan kuchli jamoaga qo'shildim va hozir ulardek bo'lishga harakatdaman

Yana ustozim bilan gaplashdim, tanbeh eshitdim, ilm oldim, xulosa qildim va amal qildim. Foyda oldim

To'g'ri xulosa qila olish va ustozning bo'lishi haqiqiy muvaffaqiyat kalitidir.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

O'zimga tegishli

Yozayotgan barcha narsam o'zimga tegishli.

O'qiyotgan kitoblarimning barchasini o'zim uchun o'qiyman.

Eshitadigan audiobloglarimni ham o'zimni isloh qilish uchun eshitaman.

Ulashadigan barcha narsalarimni o'zim uchun amalga oshiraman. Bu bloglarimni ham o'zimga eslatma bo'lishi uchun yozib boraman.

Boshqalar o'zgarishi uchun hech nima amalga oshirmayman, undan ko'ra o'zimni o'zgartirish bilan shug'ullanaman.

Jamiyatga nima foyda beraman deb o'ylab o'tirmayman, o'zimnigina o'zgartirib jamiyatga o'z hissamni qo'shaman.

"— Odamlar undoq qilishyapti, bundoq qilishmayapti!

— Odamlarni qo'ying, o'zingiz nima qilyapsiz?" - Ikrom Sharif

Xo'sh, qani endi aytingchi, qachongacha boshqalarni muhokama qilib o'z hayotingizdan qochib yurmoqchisiz?

@muzaffars_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group