Ayol
Ayolning go'zalligi hayosidadir, u hayoli bo'lsa ummat hayoli bo'ladi.
Ayol qanoat ramzidir, uning sabr-toqatidek ulug'vor narsani ko'rmaganman.
Ayol iymonning yarimidir, u bilan yarim iymoningni butun qilasan.
Ayolni zaif deb bilgan adashibdi, kuch deb bilgan zafar topibdi.
Ayol bilan huzur topasan, ayolsiz zaif bo'lib qolasan.
Ayol yoningda sen bilan birga ekan har bir narsa sen uchun osondir, sendan yiroq bo'lsa sen uchun mushkuldir.
Ayollar seni va farzandlaringni dunyoga keltirayotganda shundayin qattiq qiynaladiki, sen bu og'riqni tushingda ham ko'rmagansan.
Shunday ekan, haddingni bil va uni o'ziga xos va mos tarzda muomulada bo'l.
Farzandim tug'ilish arafasida shunday xulosaga keldim: "Ayol haqiqiy matonat ramzidir".
Hamma ayollarga rahmat aytaman, siz bor ekansiz, millat barhayot
Bugun farzandlik bo'ldim Alhamdulillah. Ayolimga rahmat, Alloh uni go'zal suratda mukofotlasin, sabr qilgan barcha qiyinchiliklariga Alloh ko'pdan-ko'p ajr-u hasonatlar yog'dirsin.
@muzaffars_blog