Translation is not possible.

O'zimga tegishli

Yozayotgan barcha narsam o'zimga tegishli.

O'qiyotgan kitoblarimning barchasini o'zim uchun o'qiyman.

Eshitadigan audiobloglarimni ham o'zimni isloh qilish uchun eshitaman.

Ulashadigan barcha narsalarimni o'zim uchun amalga oshiraman. Bu bloglarimni ham o'zimga eslatma bo'lishi uchun yozib boraman.

Boshqalar o'zgarishi uchun hech nima amalga oshirmayman, undan ko'ra o'zimni o'zgartirish bilan shug'ullanaman.

Jamiyatga nima foyda beraman deb o'ylab o'tirmayman, o'zimnigina o'zgartirib jamiyatga o'z hissamni qo'shaman.

"— Odamlar undoq qilishyapti, bundoq qilishmayapti!

— Odamlarni qo'ying, o'zingiz nima qilyapsiz?" - Ikrom Sharif

Xo'sh, qani endi aytingchi, qachongacha boshqalarni muhokama qilib o'z hayotingizdan qochib yurmoqchisiz?

@muzaffars_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group