Translation is not possible.

Haqiqiy savdogar

Savdodagi birgina harakat seni raqamlarda foyda yoki zararga kirishingga sababchi bo’ladi.

Savdodagi samimiylik mijoz sendan qayta sotib olinishni ta’minlaydi.

Sen mijozingga qanchalik yordam bersang, mijoz sendan shunchalik rozi bo’ladi, bir insonni ko’ngli shod bo’lishiga sababchi bo’lasan va bu orqali hayotingga baraka kiradi.

O’zingga ravo ko’rgan yaxshilikni boshqa bir birodaringga ham xuddi shunday qilib ulashki, u ham bundan bahra olsin hamda bu senga har tomonlama foyda bo’lsin.

O’zing sotib olsang ko’paytirib ber, sotayotganingda kelishtirib ber.

O’zingga biriktirilgan vazifani ideal qilishga intilki, bu ayni sohibingning sunnnatidir. Shundagina najot topasan.

Yo'lboshching maqtagan o'z ishingni sharafli kasb deb bil. Zero, sen insonlarni og'irini yengil qilishga sababchi bo'lasan.

@muzaffars_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group