UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Sen bilmagan ishlar

Huquqshunos talaba uchun eng katta yutuq nima ekani kunday ravshan: har yilgi o'n minglab bitiruvchilarning o'ttiz-qirqtasigina Oliy sud kotibligiga ishga olinadi. Apellyasiya ishlari bo'yicha federal sudda bir yil ishlaganimdan keyin meni Oliy sud kotibligiga o'tish uchun sudya Kennedi va sudya Skalia bilan suhbatga chaqirishdi. Suhbat ko'ngildagidek o'tdi. Mana shu so'nggi bellashuvda g'alaba qozonishga juda yaqin turgandim.

Agar kotiblikka olinsam, bir umr hotirjam yashasam ham bo'ladi, deb o'ylardim. Ammo meni qabul qilishmadi. Bundan o'ta tushkunlikka tushdim.

2004-yilda "PayPal"ni yaratib, sotganimdan keyin huquq maktabidagi eski tanishimni uchratib qoldim. Bu odam menga kotiblikka hujjat topshirishda yordam bergandi. U bilan qariyb o'n yildan buyon gaplashmagandik. Tanishim eng avvalo ishim yoki ancha vaqt ko'rishmaganimiz haqida savol bermadi. Balki jilmayib, "Xo'sh, Piter, o'shanda kotiblikka qabul qilinmaganingdan mamnunmisan endi?" deb so'radi.

O'tmishga nazar tashlarkanmiz, ikkimizga ham bir narsa ma'lum edi: o'sha yakuniy musobaqada g'olib chiqish hayotimni yomonroq tarafga o'zgartirardi. Oliy sudda kotiblik qilganimda, ehtimol, butun faoliyatim biror yangilik yaratish o'rniga guvohlarning ko'rsatmalarini yozib olish yoki odamlarning kelishuvlarini tuzish bilan o'tgan bo'lardi. Hayotim hozirgidan qanchalik farqli bo'lishini aytish qiyin-u, lekin katta imkoniyatni qo'ldan boy berardim.

PayPal asoschisi Piter Til

Bugun suyukli bo‘lgan narsa ortidan ertaga yoqimsiz narsa kelishi mumkin. Bugun yoqmagan ish ortidan esa ertaga rohatli narsa bo‘lishi ham mumkin

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» (2:216)

Muhammad Amin Naziraliyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Munosibini tanlash

Hozirgi kunda ko'p kitoblar tarjima bo'lyapti, bolalar til o'rganyapti, turli xildagi intervyu, podkastlar ijtimoiy tarmoqlarda xohlagan mavzuiyingizda topilmoqda. Bizni yoshlar birinchi qilishi lozim bo'lgan ish o'zini o'zgarmas qadryatini o'rganib, sindirib olishi kerak.

Biz ijtimoiy tarmoq, ingliz tilida va tarjima kitoblardan hamma fikrlarini ham olmasligimiz, o'zimizga to'g'ri kelgan qadryatimizga tushgan, haqiqatda foydali bo'lgan ma'lumotlarimizni olishimiz uchun ham o'zgarmas aqidamiz, qadryatlarimizni bilib olishimiz kerak.

Xorij ma'lumotlaridan foyda olmaymiz emas balki o'zimizga tushganini olamiz albatta.

Shuning uchun kitob tavsiya qilayotganda ehtiyot bo'lish kerak. O'ziga mos, munosib va hayotida yonib turgan masaladagi kitoblarni tavsiya qilishimiz kerak.

Eng qo'rqqan jihatim(oxirgi vaqtlarda kamayib qoldi) hozirda turk tilidan juda ko'p qizlarimiz uchun kitoblar tarjima bo'ldi va bo'lmoqda. Ichida bizni qadryatlarimizga tushmagani kam emas.

Kitob, intervyu tanlashda ehtiyot bo'lgan yaxshi. Aslida yuqoridagi muammolarni yagona yechimi ustoz tutish.

Muhammad Amin Naziraliyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ular bilan bizni farqimiz

Biznes kitob o'qiyapman, ko'p foydalar oldim shunday bo'lsa ham kitobdagi bir fikr e'tiborimni tortdi: "Biznes qurishni boshlagan inson birinchi o'rinda o'zini o'ylashi kerak. Biznesini qurib bo'lib ma'lum bir pog'onaga yetkanidan keyin atrofdagi insonlarga yordam qo'lini cho'zishi va moliyaviy yordam bersa bo'ladi. Ungacha bunday ishlardan uzoqda turishi kerak.". Iqtibos o'zimni tilimda yozildi.

Chet el kitoblaridan olgan foydalarimni inkor qilmagan holatda aytamanki, biz bilan ularni farqi shundan bilinadi. Bizni ustozlarimiz: "Har doim qo'lingdan qanday yordam kelsa, imkoning qadar odamlarga foydang tegsin, undan tashqari moliyaviy yordamda(bizda ehson deyiladi) ham shunday yo'l tutgan yaxshi. Ayni insonlar sendan yordamsiz ketmasin." deb ta'lim berishadi.

Bizda o'ndan bir berilsa ham yuzdan o'n berilsa ham bir deb qaraladi. Imkon qadar qilinaveradi.

Yana xizmat qilishda baraka bor. Biz realist emasmiz. Biz baraka bo'lishiga ishonamiz. Bizni qilgan ehsonimiz birga o'n va undan ziyoda qaytishiga vada qilingan.

Shuning uchun chet el kitoblarini o'qiyotganda hamma fikrlarini ham olmaslik balki qadryatimizga tushadiganini olishimiz kerak.

Muhammad Amin Naziraliyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Chidaysan...

Yaqin tanishlaring pul topyapti, har kuni bir balo nomdagi restoranda sen esa o'tgan yili olgan shimda yelkangga ilib olgan bir qop kitob bilan yuribsan, chidaysan...

Universitetga kirding, hamma shodon sen esa yana eski hayotdan noliysan, haligilar bo'lsa uy solyapti, uylanyapti, chidaysan...

Universitetni bitirding, ish topishda qiynalding, ishlaring zo'r ham emas, Ota-onang gohida hazillashib bo'lsa ham, rassiyaga ketgan do'sting haqida gapirishadi, qanchadur kalidan yuborayotgani haqida ham, chidaysan...

Ishga kirganingga 3 yil bo'ldi, oylik ozgina oshdi, ota-onang esa haligilarni rassiyadan kelib "Gentra" minib yurgani haqida gapirishadi, senga ketgan pulni o'rniga mol boqilsa foyda kattaligi haqida ham eshitasan, chidaysan...

Jonajon ukam! Ilm yo'li shu - boshida mashaqqati bor. Lekin shunday o'tib ketasan emas, ozgina sabr qilib o'zidan so'rab, ustingda ishlashni to'xtatmagin. Sababini qilishni esdan chiqarmagin, bir kun keladi ilming orqasidan tojlar kiyasan.

Yaxshi bo'lib ketadi. Men aytdi deysan!

Bir qoidani ham unutma: Ilm karvoniga pul uchun qo'shilinmaydi.

Muhammad Amin Naziraliyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Mohiyatini anglatish

Ustozimizni odatlari shuki, ishning mohiyatini ko'p gapiradilar. Aynan mohiyat deb emas ildizini gapirishga, nima uchun bu ish qilinayotganini tushuntirishga harakat qiladilar. Oxirgi 6 oyda endi tushundim mohiyat tushunchasini.

Maktabda ishlab yurgan kezlarim 5 sinflarga dars o'taman. Nima qilsam kaminani fanini yoqtirib qolishadi deb o'zim bilmagan holatda doim fanning mohiyatini tushuntirdim. Bu informatika fani nega kerak degan savolga qayta-qayta javob berdim.

Keyin deyarli hamma o'quvchim qiziqishlari kuchayib, boshqa fanlardan ko'ra kaminani suyadigan va darslarimga qiziqadigan bo'lishdi. Mavzularni ham mohiyatini tushuntirar edim.

Yana bir misol: Matematikadan darsingizni qil emas, balki matematika hayotda nima uchun kerak? Nima uchun o'rganyapmiz degan savolga javob berilsa bas! Qiziqishini ortishiga sabab bo'ladi.

Pul topyapmiz, asosiy maqsad pul emasligi balki pul vosita ekanligi, pul topishdan maqsad nima ekanligini tushuntirish kifoya.

Qish keldi, issiq kiyim kiygin emas issiq kiyim kiymasa, kasal bo'lishligi va ortidan yomon oqibatlar kelib chiqishini tushuntirish kerak.

Muhammad Amin Naziraliyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group