Translation is not possible.

Ular bilan bizni farqimiz

Biznes kitob o'qiyapman, ko'p foydalar oldim shunday bo'lsa ham kitobdagi bir fikr e'tiborimni tortdi: "Biznes qurishni boshlagan inson birinchi o'rinda o'zini o'ylashi kerak. Biznesini qurib bo'lib ma'lum bir pog'onaga yetkanidan keyin atrofdagi insonlarga yordam qo'lini cho'zishi va moliyaviy yordam bersa bo'ladi. Ungacha bunday ishlardan uzoqda turishi kerak.". Iqtibos o'zimni tilimda yozildi.

Chet el kitoblaridan olgan foydalarimni inkor qilmagan holatda aytamanki, biz bilan ularni farqi shundan bilinadi. Bizni ustozlarimiz: "Har doim qo'lingdan qanday yordam kelsa, imkoning qadar odamlarga foydang tegsin, undan tashqari moliyaviy yordamda(bizda ehson deyiladi) ham shunday yo'l tutgan yaxshi. Ayni insonlar sendan yordamsiz ketmasin." deb ta'lim berishadi.

Bizda o'ndan bir berilsa ham yuzdan o'n berilsa ham bir deb qaraladi. Imkon qadar qilinaveradi.

Yana xizmat qilishda baraka bor. Biz realist emasmiz. Biz baraka bo'lishiga ishonamiz. Bizni qilgan ehsonimiz birga o'n va undan ziyoda qaytishiga vada qilingan.

Shuning uchun chet el kitoblarini o'qiyotganda hamma fikrlarini ham olmaslik balki qadryatimizga tushadiganini olishimiz kerak.

Muhammad Amin Naziraliyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group