Translation is not possible.

Chidaysan...

Yaqin tanishlaring pul topyapti, har kuni bir balo nomdagi restoranda sen esa o'tgan yili olgan shimda yelkangga ilib olgan bir qop kitob bilan yuribsan, chidaysan...

Universitetga kirding, hamma shodon sen esa yana eski hayotdan noliysan, haligilar bo'lsa uy solyapti, uylanyapti, chidaysan...

Universitetni bitirding, ish topishda qiynalding, ishlaring zo'r ham emas, Ota-onang gohida hazillashib bo'lsa ham, rassiyaga ketgan do'sting haqida gapirishadi, qanchadur kalidan yuborayotgani haqida ham, chidaysan...

Ishga kirganingga 3 yil bo'ldi, oylik ozgina oshdi, ota-onang esa haligilarni rassiyadan kelib "Gentra" minib yurgani haqida gapirishadi, senga ketgan pulni o'rniga mol boqilsa foyda kattaligi haqida ham eshitasan, chidaysan...

Jonajon ukam! Ilm yo'li shu - boshida mashaqqati bor. Lekin shunday o'tib ketasan emas, ozgina sabr qilib o'zidan so'rab, ustingda ishlashni to'xtatmagin. Sababini qilishni esdan chiqarmagin, bir kun keladi ilming orqasidan tojlar kiyasan.

Yaxshi bo'lib ketadi. Men aytdi deysan!

Bir qoidani ham unutma: Ilm karvoniga pul uchun qo'shilinmaydi.

Muhammad Amin Naziraliyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group