Translation is not possible.

Sen bilmagan ishlar

Huquqshunos talaba uchun eng katta yutuq nima ekani kunday ravshan: har yilgi o'n minglab bitiruvchilarning o'ttiz-qirqtasigina Oliy sud kotibligiga ishga olinadi. Apellyasiya ishlari bo'yicha federal sudda bir yil ishlaganimdan keyin meni Oliy sud kotibligiga o'tish uchun sudya Kennedi va sudya Skalia bilan suhbatga chaqirishdi. Suhbat ko'ngildagidek o'tdi. Mana shu so'nggi bellashuvda g'alaba qozonishga juda yaqin turgandim.

Agar kotiblikka olinsam, bir umr hotirjam yashasam ham bo'ladi, deb o'ylardim. Ammo meni qabul qilishmadi. Bundan o'ta tushkunlikka tushdim.

2004-yilda "PayPal"ni yaratib, sotganimdan keyin huquq maktabidagi eski tanishimni uchratib qoldim. Bu odam menga kotiblikka hujjat topshirishda yordam bergandi. U bilan qariyb o'n yildan buyon gaplashmagandik. Tanishim eng avvalo ishim yoki ancha vaqt ko'rishmaganimiz haqida savol bermadi. Balki jilmayib, "Xo'sh, Piter, o'shanda kotiblikka qabul qilinmaganingdan mamnunmisan endi?" deb so'radi.

O'tmishga nazar tashlarkanmiz, ikkimizga ham bir narsa ma'lum edi: o'sha yakuniy musobaqada g'olib chiqish hayotimni yomonroq tarafga o'zgartirardi. Oliy sudda kotiblik qilganimda, ehtimol, butun faoliyatim biror yangilik yaratish o'rniga guvohlarning ko'rsatmalarini yozib olish yoki odamlarning kelishuvlarini tuzish bilan o'tgan bo'lardi. Hayotim hozirgidan qanchalik farqli bo'lishini aytish qiyin-u, lekin katta imkoniyatni qo'ldan boy berardim.

PayPal asoschisi Piter Til

Bugun suyukli bo‘lgan narsa ortidan ertaga yoqimsiz narsa kelishi mumkin. Bugun yoqmagan ish ortidan esa ertaga rohatli narsa bo‘lishi ham mumkin

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» (2:216)

Muhammad Amin Naziraliyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group