UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Me

2 years Translate
Translation is not possible.
Shuni bilingki, har bir qiyinchilik bilan bir yengillik ham bor, qayg'u bilan bir xursandchilik bor, inson hech qachon bir holatida qolib ketmaydi, kunlar esa doimo o'zgarib turadi.
Doktor Oiz Qarniy
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
2 years Translate
Translation is not possible.
#iqtibos
Ogʻir-og'ir otar tong,
Oftob tinmay urar bong,
G'aflat toʻshagida dong
Qotgan millat meniki.
Oʻylaydigan o'yi yoʻq,
Nedan buncha ko'ngli to'q,
Oʻz ko'ksiga oʻzi o'q
Otgan millat meniki.
Yallosini qo'ymaydi,
Tokay to'yga to'ymaydi,
O‘lgunicha o'ynaydi,
Bitgan millat meniki.
Kir ko‘ylagini yechmay,
Boshqalarga to'n bichgay...
Suvini oʻzi ichmay,
Sotgan millat meniki.
Qachon turgay oyoqqa?
Kuni qolgan olchoqqa,
Boʻgʻzigacha botqoqqa
Botgan millat meniki.
Ne-ne shoirlar kelib,
Oʻlib ketarlar, oʻlib...
Yer bilan bitta boʻlib
Yotgan millat meniki.
© Behzod FAZLIDDIN
Send as a message
Share on my page
Share in the group
2 years Translate
Translation is not possible.
Яна жимлик,
Яна сукунат,
Тўлиб кетар ҳеч нарсадан дил.
Ҳеч нарсадан бошланади гап,
Ҳеч нарсани сўзлар яна тил.
Қичқиради безабон хулё,
Сукунатда қийналади жон. 
Ҳеч нарсани тан олмас гўё
Ҳеч нарсадан бошланган жаҳон.
© Рауф Парфи
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
2 years Translate
Translation is not possible.
Har yili Hajga boradi u,
Toʻkib kelar emish gunohlarini.
Hammom deb oʻylarmi ,Makkatilloni?"
© Tohir Malik"Nafs kishanlari"
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group