UMMA TOKEN INVESTOR

4 day Translate
Translation is not possible.
Bir yerda islom daraxti zaiflashib, qulab tushish arafasiga kelganda Alloh hechkim kutmagan boshqa bir joydan islomning niholini undirib qoʻyadi. U nihol bir kun kelib oʻzidan avvalgi daraxtdanda baquvvat, yaproqlari keng va ildizi chuqurroq boʻlib yetishadi...
 
(surʼat monotheos telegram sahifasidan olindi..!)
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
4 day Translate
Translation is not possible.
"IVAN IVANOVICH"GA AYTAR SOʻZIM
 
Ivan Ivanovich! Men senga yuz oʻttiz yil yurtim toʻrini berdim, yuz oʻttiz yil uyim toʻrini berdim – ammo sen bilan el boʻlmadim!
 
Ivan Ivanovich! Men sen bilan yuz oʻttiz yil yelkama-yelka kun kechirdim, yuz oʻttiz yil chizgan chizigʻingdan chiqmadim – ammo sen bilan el boʻlmadim!
 
Yuz oʻttiz yil tur desang turdim, oʻtir desang oʻtirdim, yuz oʻttiz yil kul desang kuldim, yigʻla desang yigʻladim – ammo sen bilan el boʻlmadim!
 
Ivan Ivanovich! Men yuz oʻttiz yil oʻzim kiymadim – senga kiydirdim!
 
Ivan Ivanovich! Men yuz oʻttiz yil oʻzim kiymadim – senga kiydirdim, yuz oʻttiz yil oʻzim yemadim – senga yedirdim, yuz oʻttiz yil oʻzim ichmadim – senga ichirdim... ammo sen bilan el boʻlmadim!
 
Ivan Ivanovich! Men yuz oʻttiz yil kofir toʻq – musulmon tinch, maqomda kun koʻrdim... ammo sen bilan el boʻlmadim!
 
Dini boshqa minbaʼd-minbaʼd el boʻlmaydi! Tili boshqa minbaʼd-minbaʼd el boʻlmaydi!
 
Ivan Ivanovich! Sen tirigim tirnogʻin yeding, sen oʻligim yogʻin yeding – ammo toʻymading! Ivan Ivanovich! Men ochlikdan oʻlmadim – sen toʻqlikdan yorilmading
 
Ivan Ivanovich! Men seni yuz oʻttiz yil toʻngʻich akam, dedim. Boʻldi – men endi sen toʻngʻich akam, demayman.
 
Men endi seni toʻngʻich aka degich tillarimni kesib itga tashlayman!
 
Dehqonqul tilidan Togʻay Murod. Otamdan qolgan dalalar kitobidan.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
#mutolaa
 
...U birinchi galda oshiq edi va qolgan hamma narsani shu ishqiga tobe qilib qoʻygan edi...
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Hukumat – xalqning xizmatkori va hamisha shunday boʻlib qolishi kerak. Hukumat oʻzini tana hisoblab, xalq uning dumiga aylangan zahoti, qasos qonuni kuchga kiradi, zero bunday munosabat notabiiy, noaxloqiy va noinsoniydir.
 
Genri Ford.
 
VAZIFAM
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
hech qanday inson ishontirish qobiliyatisiz hokimiyat va martabaga erisha olmaydi. Muomala va ishontirish qobiliyati borligi – katta ustunlik, yoʻqligi esa jiddiy kamchilikdir. Nima xohlashingizdan qatʼi nazar muloqotga ehtiyoj sezasiz. Buni qanchalik yaxshi uddalasangiz, shunchalik koʻndira olasiz – qanchalik koʻndira olsangiz, shunchalik koʻp narsaga erishasiz.
 
Savdo sanʼati kitobidan.
 
t.me/mening_VAZIFAM
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group