UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Farzandini tarbiyalashdan umidini uzgan har bir onalarga eslatmam shuki:

Mashhur olim Fudayl ibn Iyod rahimahullohning Ali ismli, ilmga umuman qiziqmaydigan, yengil-yelpi, odobsiz o‘g‘li bor edi. Fudayl Allohga shunday duo bilan murojaat qildi:

“Ey, Allohim, men Alini tarbiyalashga harakat qildim, lekin uni tarbiyalay olmadim, sen uni tarbiyalagin”. Va Alloh taolo otaning o'g'li uchun qilgan duosini ijobat qilib, Aliga ko'rsatma berdi.

Keyinchalik Imom az-Zahabiy o'z asarlarida Fudayl ibn Iyod o'g'li Alini ta'riflab shunday dedi: “Ali ibn Fudayl eng solih kishilardan edi. Ali hamisha Allohga tavoze bilan ibodat qilar, taqvodor, dono ustoz, ustoz, odamlar orasida o‘ta hurmatli inson edi”.

#eslatma?

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Beshinchisi: shokolad, konfet va tortlar o‘rniga asal, mayiz va yong‘oqni tanlash.

Nafaqat bolalar, balki kattalarning ham sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan narsalar o‘rnini shifo deb ta’riflangan asal bilan to‘ldirish judayam muhimdir!

Tarixga nazar solsak, ajdodlarimizning sog‘lom, baquvvat, zehni o‘tkir, ilm darajasi ham yuqori buyuk insonlar bo‘lishganini ko‘ramiz. Sababi esa oddiy, tabiiy mahsulotlar bilan taomlanib, nafs jilovini qo‘lga olgan holda vaqtdan unumli foydalanishgan.

Hozirda shirinliklarning turi judayam ko‘p, ularga qanday sun’iy narsalar qo‘shilayotganidan esa bizning xabarimiz yo‘q. Albatta, shubhali bo‘lgan narsalarni yeyishdan tiyilish lozim.

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bolalarga oddiy, lekin juda chiroyli ko'rinadigan odatlarni o'rgating. Ovqatlanib bo'lganidan so'ng "Oyijon, ovqatingiz juda mazali chiqibdi, rahmat", dadasi ishdan qaytganida "Assalomu alaykum, yaxshi keldingizmi, charchamadingizmi?", uxlashlaridan oldin "Yaxshi dam oling, shirin tushlar ko'ring" kabi.

Bu ham tarbiyaning bir kichik usuli, tarbiya avvalambor oiladagi muhitdan boshlanadi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Uchinchisi: har kuni badantarbiya qilish.

Har kungi badantarbiya nafsimizga judayam og‘ir keladigan, lekin o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Farzandimiz bilan har kuni 5-10 daqiqa badantarbiya mashqlarini bajarishimiz, sog‘lom bo‘lishimizga, kuni bilan tetik yurishimizga yordam beradi.

Farzandimiz o‘zi xohlab badantar biya qilmaydi, biz ota-onalar ularga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Xohlaymizmi-yo‘qmi, farzandimiz bizga o‘xsha­gan bo‘ladi. Farzandimiz qanday bo‘lishini istasak, avval o‘zimiz o‘shanday bo‘lishimiz lozim.

Sog‘ tanda – sog‘lom aql!

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ота билан ўғилнинг соҳилдаги сухбати:

– Отажон, бу ердаги нарсалар нима?

– Майда тошлар, болажоним.

Ўғил бошини ўнг тарафга бурди:

– Булар-чи?

– Булар ҳам майда тошлар, болам, – деб жавоб қилди ота. Бола юзини чап тарафга бурди:

– Унда анавилар нима?

– Ҳаммаси майда тошлар, болагинам...

– Отажон, бунча ҳам кўп бўлмаса булар!

– Шундай ўғилим...

– Дадажон, дунёда булардан ҳам кўп нарса борми?!

– Бор, болам...

– Нима у, отажон?

– Отангнинг гуноҳлари, ўғлим!..

– Дадажон, сизнинг гуноҳларингиздан ҳам кўп нарса борми?

– Бор...

– У нима экан, отажон?

– Аллоҳнинг раҳмати, болажоним.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group