Translation is not possible.

Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Beshinchisi: shokolad, konfet va tortlar o‘rniga asal, mayiz va yong‘oqni tanlash.

Nafaqat bolalar, balki kattalarning ham sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan narsalar o‘rnini shifo deb ta’riflangan asal bilan to‘ldirish judayam muhimdir!

Tarixga nazar solsak, ajdodlarimizning sog‘lom, baquvvat, zehni o‘tkir, ilm darajasi ham yuqori buyuk insonlar bo‘lishganini ko‘ramiz. Sababi esa oddiy, tabiiy mahsulotlar bilan taomlanib, nafs jilovini qo‘lga olgan holda vaqtdan unumli foydalanishgan.

Hozirda shirinliklarning turi judayam ko‘p, ularga qanday sun’iy narsalar qo‘shilayotganidan esa bizning xabarimiz yo‘q. Albatta, shubhali bo‘lgan narsalarni yeyishdan tiyilish lozim.

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

Send as a message
Share on my page
Share in the group