Translation is not possible.

Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Uchinchisi: har kuni badantarbiya qilish.

Har kungi badantarbiya nafsimizga judayam og‘ir keladigan, lekin o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Farzandimiz bilan har kuni 5-10 daqiqa badantarbiya mashqlarini bajarishimiz, sog‘lom bo‘lishimizga, kuni bilan tetik yurishimizga yordam beradi.

Farzandimiz o‘zi xohlab badantar biya qilmaydi, biz ota-onalar ularga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Xohlaymizmi-yo‘qmi, farzandimiz bizga o‘xsha­gan bo‘ladi. Farzandimiz qanday bo‘lishini istasak, avval o‘zimiz o‘shanday bo‘lishimiz lozim.

Sog‘ tanda – sog‘lom aql!

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group