Bintu Ulugʻbek Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Soya, narsaning aslini, hajmini, rangini ko‘rsatib berolmaydi…

U, Quyosh qayerdan tushayotganiga qarab biror yuzada aks etadi…va shunga ko‘ra turlicha ko‘rinadi…

Ijtimoiy tarmoqlar ham shunday…

Hech qaysi insonning aslini ko‘rolmaysiz bu yerda…Faqat “soya”si ko‘rinadi va uning qanday ko‘rinishi, qayerdan va qanday nazar bilan boqishimizga bog‘liq…

“Soya”larga aldanib,  kimnidir qattiq hurmat qilib, kimdandir qattiq nafratlanib yurish oqil kishining ishi emas…

Birovlarga, to ular bilan hayotda ko‘rib muomala qilmaguncha, “bu ishonchli, bunga ishonch yo‘q, bu taqvoli, bu iymonsiz, bu yaxshi, bu yomon, bu zo‘r shaxs, bu yaramas…” deb baho berishga shoshilmaslik kerak.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Iftorlikda shaffof zilol suvni rohatlanib ichib, umrida toza suv ko'rmagan musulmon bolalarni duo qilishni unutmang.!

Yo Allah.! Ularni ham suvga serob qil.!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ramazon muborak! ✨

Mendan sizga maslahatlar:

1. Ramazon - taqvo oyi: bu oy biz taqvoga qaytishimiz uchun, gunohlarimizni mag‘firat qilishini so‘rashimiz uchun katta imkoniyat, buni boy bermang!

2. Uyingizni, profillaringizni bezaganingiz kabi qalbingizni ham bezang, hayotingizni faqat yaxshi amallar bilan to‘ldirishga ahd qiling!

3. Saharlik va iftorlik dasturxoningizdan lavxalar shart emas. Boshqalarni uyida bo‘lmasligi mumkin. Berolmasangiz, maqtanmang ham!

4. Ramazonni har kuni bilan tabriklash, kimlargadir tabrik postlari yuborish farz emas! Taqvo qilish kerak!

5. Saharlik vaqtida tarmoqda online bo‘lmaganlar uxlab qolgan hisoblanmaydi. Saharlik vaqtida ham telefonga yopishish o‘rniga Qur'on o‘qing yaxshisi.

6. Siz ro‘za tutganingizni, tarovehga borganingizni, namoz o‘qiganingizni hamma bilishi shart emas. Holis Alloh uchun taqvo qiling.

7. Ko‘proq yaxshilik qilishga intiling. Yaxshilik deb bilganingiz qo‘lingizdan nima kelsa o‘shani qiling, ehson qiling, boshqalarga yaxshi kayfiyat ulashing, ilm ulashing, hadyalar bering, xatto bir tabassumiga sababchi bo‘lsangiz ham yaxshilikdir.

8. Ayollar: umringiz faqat saharlik va iftorlik uchun ovqat tayyorlash bilan o‘tib ketmasin. Har doimgi taomlar bilan ham qorin to‘ydirsa bo‘ladi. Shart emas kun u - tun yuz xil taom tayyorlash. Erkaklar: mahramlaringizdan ming xil taom yuz xil salat so‘ramang. Ramazon yeyish oyi emas taqvo oyi. Ko‘proq tilovat va zikr bilan vaqt o‘tkazing. Ayollar birdan ortiq taomlar tayyorlash uchun oshxonada 7-8 soat vaqtlarini sarflamasinlar! Qorningiz to‘yishi uchun faqatgina 1 ta taom kifoya qiladi! Yeyishda, ichishda, pul sarflashda isrof qilmang! Balki ortgan pullaringizni extiyoj sohiblariga bering!

9. Kechirim so‘rang. Kimlarnidir ranjitgan bo‘lsangiz orangizni isloh qilish uchun ayni muddao: uzr so‘rang! Asosiysi: Allohdan kechirim so‘rang, gunohlar, namozsiz kunlar, zikrsiz yillar uchun tavba qiling!

10. Ilm oling. Taqvo qiling. Mana shu muborak oyda kelasi umringiz uchun rejalar tuzing. Allohga va'da bering, gunohlardan chetlaning. Faqat Alloh roziligi uchun yashashga ahd qiling. Dunyo ortidan quvmang!

11. Ramazon oyida kamroq uxlang! Vaqtlaringizni televizor oldida o‘tkazmang! Ortga nazar soling! O‘tgan Ramazondan bu Ramazongacha bo‘lgan vaqtda kimlar vafot etdi. Kimlar yetmadi bu Ramazonga! Shunday ekan har soniyani g‘animat biling va taqvo qiling!

©Gunohkorman (Bintu Ulugʻbek)

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#maktub 📜

Dunyo tashvishlaridan bezganlar o‘qisin!

Ko‘p muammolar, g‘amlar seni ezib tashladimi? Unda buni o‘qi!

Ey inson, kel birga tafakkur qilamiz!

Dunyo tashvishlari, muammolar seni ezib yubordimi? Yuraging siqilyaptimi? O‘yla... Tafakkur et...

Bu dunyoda seni siqilishing uchun arziydigan nima bor o‘zi?

Dunyo - foniy!

Vaqtinchalik bo‘lgan narsalar uchun g‘am chekyapsanmi? Arzimas g‘amlar uchun yig‘layapsanmi? Nima uchun?‌‌

Sen dunyoga nima uchun kelding? Yashashdan maqsading nima?

Alloh seni nima uchun yaratdi?

javob :

Alloh taolo «Zaariyaat» surasida: «Va eslatgin. Albatta, eslatish mo‘minlarga manfaat berur. Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman. Albatta, Alloh O‘zi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir», degan (55–58-oyatlar).

Alloh taolo bizni faqat o‘zigagina ibodat qilishimiz uchun yaratgan ekan nega biz o‘tkinchi dunyo uchun siqilishimiz kerak?! Arziydimi dunyo?

O‘tkinchi! G‘amlar ham, dardlar ham, muammolar ham xatto dunyo ham hammasi o‘tkinchi!

O‘tkinchi narsalar uchun siqilma! Qalbingni hotirjam qil!

Agar dunyo tashvishlaridan zeriksang, Alloh bizga va'da etgan Jannatni esla...

Agar dunyoda faqat rohatda yashasang, sabr uchun berilgan ajrni qayerdan olasan? Agar senda hech muammo bo‘lmasa, dunyo imtihon ekanini unutasan!

Tafakkur et! Sinovlar ham ne'matdir aslida...

Alloh seni sinasa, shukr etishni bil! Eng darajasi ulug‘ bo‘lgan hamd bu sinov vaqtida eng og‘ir vaziyatingda Alhamdulillah deya olishingdir!

Allohga osiylik qilma, ey banda!

Unutma - Alloh seni yaxshi ko‘radi!

Sinovlar Allohga yaqinlashtiradi, sen hursand bo‘lki dunyo bilan ovvora bo‘lganingda Robbimni eslashing uchun sabab bo‘ladi bu sinovlar.

Dunyo foniy, Jannat abadiydir. Shunday ekan, arzimas dunyo uchun siqilma, abadiy Jannat uchun joning uzilguncha kurash!!! Taslim bo‘lma!

Alloh seni nima uchun yaratganini hech qachon unutma!

© @Gunohkorman ( Bintu Ulug‘bek )

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Уммат ғамини қалбдан ҳис қилмаслик мусулмонда мунофиқлик аломатлари юзага келаётганини англатади...

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group