Translation is not possible.

Ramazon muborak! ✨

Mendan sizga maslahatlar:

1. Ramazon - taqvo oyi: bu oy biz taqvoga qaytishimiz uchun, gunohlarimizni mag‘firat qilishini so‘rashimiz uchun katta imkoniyat, buni boy bermang!

2. Uyingizni, profillaringizni bezaganingiz kabi qalbingizni ham bezang, hayotingizni faqat yaxshi amallar bilan to‘ldirishga ahd qiling!

3. Saharlik va iftorlik dasturxoningizdan lavxalar shart emas. Boshqalarni uyida bo‘lmasligi mumkin. Berolmasangiz, maqtanmang ham!

4. Ramazonni har kuni bilan tabriklash, kimlargadir tabrik postlari yuborish farz emas! Taqvo qilish kerak!

5. Saharlik vaqtida tarmoqda online bo‘lmaganlar uxlab qolgan hisoblanmaydi. Saharlik vaqtida ham telefonga yopishish o‘rniga Qur'on o‘qing yaxshisi.

6. Siz ro‘za tutganingizni, tarovehga borganingizni, namoz o‘qiganingizni hamma bilishi shart emas. Holis Alloh uchun taqvo qiling.

7. Ko‘proq yaxshilik qilishga intiling. Yaxshilik deb bilganingiz qo‘lingizdan nima kelsa o‘shani qiling, ehson qiling, boshqalarga yaxshi kayfiyat ulashing, ilm ulashing, hadyalar bering, xatto bir tabassumiga sababchi bo‘lsangiz ham yaxshilikdir.

8. Ayollar: umringiz faqat saharlik va iftorlik uchun ovqat tayyorlash bilan o‘tib ketmasin. Har doimgi taomlar bilan ham qorin to‘ydirsa bo‘ladi. Shart emas kun u - tun yuz xil taom tayyorlash. Erkaklar: mahramlaringizdan ming xil taom yuz xil salat so‘ramang. Ramazon yeyish oyi emas taqvo oyi. Ko‘proq tilovat va zikr bilan vaqt o‘tkazing. Ayollar birdan ortiq taomlar tayyorlash uchun oshxonada 7-8 soat vaqtlarini sarflamasinlar! Qorningiz to‘yishi uchun faqatgina 1 ta taom kifoya qiladi! Yeyishda, ichishda, pul sarflashda isrof qilmang! Balki ortgan pullaringizni extiyoj sohiblariga bering!

9. Kechirim so‘rang. Kimlarnidir ranjitgan bo‘lsangiz orangizni isloh qilish uchun ayni muddao: uzr so‘rang! Asosiysi: Allohdan kechirim so‘rang, gunohlar, namozsiz kunlar, zikrsiz yillar uchun tavba qiling!

10. Ilm oling. Taqvo qiling. Mana shu muborak oyda kelasi umringiz uchun rejalar tuzing. Allohga va'da bering, gunohlardan chetlaning. Faqat Alloh roziligi uchun yashashga ahd qiling. Dunyo ortidan quvmang!

11. Ramazon oyida kamroq uxlang! Vaqtlaringizni televizor oldida o‘tkazmang! Ortga nazar soling! O‘tgan Ramazondan bu Ramazongacha bo‘lgan vaqtda kimlar vafot etdi. Kimlar yetmadi bu Ramazonga! Shunday ekan har soniyani g‘animat biling va taqvo qiling!

©Gunohkorman (Bintu Ulugʻbek)

Send as a message
Share on my page
Share in the group