Translation is not possible.

#maktub 📜

Dunyo tashvishlaridan bezganlar o‘qisin!

Ko‘p muammolar, g‘amlar seni ezib tashladimi? Unda buni o‘qi!

Ey inson, kel birga tafakkur qilamiz!

Dunyo tashvishlari, muammolar seni ezib yubordimi? Yuraging siqilyaptimi? O‘yla... Tafakkur et...

Bu dunyoda seni siqilishing uchun arziydigan nima bor o‘zi?

Dunyo - foniy!

Vaqtinchalik bo‘lgan narsalar uchun g‘am chekyapsanmi? Arzimas g‘amlar uchun yig‘layapsanmi? Nima uchun?‌‌

Sen dunyoga nima uchun kelding? Yashashdan maqsading nima?

Alloh seni nima uchun yaratdi?

javob :

Alloh taolo «Zaariyaat» surasida: «Va eslatgin. Albatta, eslatish mo‘minlarga manfaat berur. Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman. Albatta, Alloh O‘zi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir», degan (55–58-oyatlar).

Alloh taolo bizni faqat o‘zigagina ibodat qilishimiz uchun yaratgan ekan nega biz o‘tkinchi dunyo uchun siqilishimiz kerak?! Arziydimi dunyo?

O‘tkinchi! G‘amlar ham, dardlar ham, muammolar ham xatto dunyo ham hammasi o‘tkinchi!

O‘tkinchi narsalar uchun siqilma! Qalbingni hotirjam qil!

Agar dunyo tashvishlaridan zeriksang, Alloh bizga va'da etgan Jannatni esla...

Agar dunyoda faqat rohatda yashasang, sabr uchun berilgan ajrni qayerdan olasan? Agar senda hech muammo bo‘lmasa, dunyo imtihon ekanini unutasan!

Tafakkur et! Sinovlar ham ne'matdir aslida...

Alloh seni sinasa, shukr etishni bil! Eng darajasi ulug‘ bo‘lgan hamd bu sinov vaqtida eng og‘ir vaziyatingda Alhamdulillah deya olishingdir!

Allohga osiylik qilma, ey banda!

Unutma - Alloh seni yaxshi ko‘radi!

Sinovlar Allohga yaqinlashtiradi, sen hursand bo‘lki dunyo bilan ovvora bo‘lganingda Robbimni eslashing uchun sabab bo‘ladi bu sinovlar.

Dunyo foniy, Jannat abadiydir. Shunday ekan, arzimas dunyo uchun siqilma, abadiy Jannat uchun joning uzilguncha kurash!!! Taslim bo‘lma!

Alloh seni nima uchun yaratganini hech qachon unutma!

© @Gunohkorman ( Bintu Ulug‘bek )

Send as a message
Share on my page
Share in the group