Nargiza Xudoybergan qizi Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

About me

@tarbiyachi_blog

Translation is not possible.

#kechinmalar

-- Farzandlarimni tongda uyg\'otaman... Ular meni eshitib uyg\'onadilar... Ularga eshitish ne\'matini bergan, ko\'zlariga nur berib, tana a\'zolarini ongli ravishda harakatlantirib qo\'ygan mehribon Robbimni eslayman.

-- Tonggi vazifalarimni bajarib, ust-boshimni almashtirib, tartibga keltirib, ishga otlanaman. Ko\'zgu qarshisida ro\'molimga mayda ninalarni sancharkanman, shu mayda narsalarni ham sezdirib, ular bilan bemalol ishlash ne\'matini bergan Robbimni eslayman.

-- Tunggi ibodatlarimni egni-boshim butun, xotirjam, issiq uyda, ado etarkanman, tinchgina uxlash uchun ko\'rpa-to\'shagim tayyor, buning uchun menga xalaqit beradigan narsaning yo\'qligidan ko\'nglim to\'q...

Ana shunda har kunlari, tunlari tahlikada o\'tayotgan, musulmon birodarlarimiz, ayniqsa bolalar bir zum ko\'z o\'ngimdan o\'tadi. Ba\'zida ko\'zlarimga yosh keladi.

Alloh taolo bandalarini ba\'zida turli musibatlar bilan, istasa tinchlik-ofiyat bilan, ne\'matlar ichiga ko\'mib qo\'ygan holida sinarkan.

Musibatga sabr qilishdan ko\'ra to\'qlikka, kengchilikka sabr qilish qiyin ekan.

Balki, bizning sinovimiz kengchilikda, ofiyatda ekanligimizdadir.

Allohim, O\'zingga ehtiyojimiz bor. Albatta, bizlarga nima yaxshiligini bizdan yaxshi biluvchisan. 😢

@tarbiyachi_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#kechinmalar

Sahobalar, undan keyingi davrlarda yashagan musulmonlar hayoti haqida o\'qiganim sari o\'zimizning tushib qolgan holimizni o\'ylab, xavotirim oshadi.

Erkak va ayol bemalol aralashib yurishimiz, jamoat transportlarida bemalol yonma-yon o\'tirishimiz, yo\'lovchilar ko\'payib, tiqilinch bo\'lgan vaqtlardagi noqulaylikni-ku ta\'riflashga til ojiz...

Shu kunlarda dilimdan o\'tayotganlarni bo\'lishgim keldi:

Haqiqiy musulmon erkak o\'ziga mahram bo\'lgan ayollarni (jamiyat uchun kerakli mutahassis bo\'lsa, bundan mustasno, albatta) begona erkaklar bilan yonma-yon, aralashib ishlab yurishiga, yo\'l qo\'ymaydi.

Ayniqsa, begona erkak rahbarga hisob berib, uning buyruqlariga \'\'Xo\'p bo\'ladi\'\', deb turishini hazm qilib yashamaydi. Agar mahram ayollaridan birining xizmatiga jamiyat muhtoj bo\'lsa, ish beruvchi tashkilot bilan avvaldan shart-sharoitlar haqida kelishib oladi.

U har qanday holatda ham mahram ayollari zulm ko\'rmasligi uchun o\'zini javobgar, deb biladi.

Jannatning kiraverishiga \'\'Sen da\'yuslar uchun xarom qilinding\'\', deb yozib qo\'yilgan ekan. Qanday qo\'rqinchli hukm-a?

Bu haqda bilganimdan keyin o\'zimga mahram bo\'lgan erkaklarning holidan xavotirlana boshladim.

Allohim, bizlarga rahbar qilingan erkaklarni adashtirmagin-ki, ularning ortlaridan biz ham adashmaylik... 😢

@tarbiyachi_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#iqror

Farzandlariga yaxshi xulqli, ma\'lum yutuqlarga erishgan boshqa tengdoshlarini misol qilib: \'\'Shularga o\'xshasang bo\'lmaydimi, ulardan nima kam joying bor?\'\' deya ta\'na qiluvchi ota-onalar bilib olishsinki, farzandlarining ulardan kam joyi bor. U ham bo\'lsa, avvalboshidan yaxshi tarbiyachi bo\'lish haqida qayg\'urmasdan, endi go\'zal xulq va yutuqlarga farzandining o\'zi erishishi kerakligini talab qilayotgan uquvsiz ota-onaga farzand bo\'lganliklaridir.

@tarbiyachi_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#otalar

Shunday otalar haqida eshitdimki, ishdan keladigan vaqtlarida farzandlari dadalariga ko'rinmaslik uchun xonalariga uxlash baxonasida kirib ketadilar.

Shunday otalarni ko'rdimki, ishdan kelish vaqtlarida farzandlari uyqusi kelsa ham uxlamay, kutib o'tirishadi.

Nima deb o'ylaysiz, qaysi birining farzandlari otasining haqiga chin ko'ngildan duoda bo'ladi ?

Birinchisi otasi tirik va yonma-yon bo'lgani holda, ota namunasi va mehrini ko'rmay o'sayotgan bolalardir.

Bunday bolalar voyaga yetganda otasi bilan ko'p ziddiyatlarga boradigan, unga chin ko'ngildan mehr va hurmat ko'rsata olmaydigan bo'lishadi. Ota roziligini ololmaganliklaridan hayotlari farovon bo'lmaydi.

Ikkinchisi ota mehri va namunasini his qilib o'sayotgan bolalardir. Ular har qanday holatda ham otasini qalbdan duo qilib, xizmatlarida qoim bo'lib, qiblagohining roziligini olish payida bo'ladilar. Buning natijasida ikki dunyo saodatiga yetishadilar.

Shundan xulosa qilish mumkinki, oqpadarlarni bizga zamon tarbiyalab bermaydi, o'zimiz yetishtirib chiqaramiz.

@tarbiyachi_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#tavsiya

Ko'p yillik ta'lim sohasidagi faoliyatim davomida o'quvchilarimning biror aybi yuzasidan ota-onalariga shikoyat qilmadim.

Albatta, farzandining holatini ota-onasidan yashrib bo'lmaydi.

Men bolada kuzatilayotgan salbiy holatlarni ota-onalarga shikoyat ko'rinishida emas, balki o'zaro muammoyimizdan xabardor qilayotgandek, yechimini ham hal qilishda bir yordamchidek yetkazishga harakat qildim.

- Nima qilsak bo'ladi? degan savolga birgalashib javob topish, qodir bo'lganimcha tavsiya berishga harakat qildim.

Bu esa aksariyat holda ota-onalarni farzandlarining xatolarini tuzatishda biroz tafakkur qilib, bosiqlik bilan yondoshishiga sabab bo'ldi.

Ustozning o'quvchi ayblarini to'g'ridan-to'g'ri ota-onasiga shikoyat ko'rinishida yetkazishi, bu aynan ularni tarbiya berolmaganlikda ayblash bo'ladi.

Farzandi ustidan shikoyat eshitgan ota-ona g'azablanadi. G'azab hech qachon yaxshilikka olib bormagan.

Natijada ota-onasining g'azabiga uchragan o'quvchi bunda ustozni aybdor, deb biladi, yomon ko'rib qoladi. Yoqtirmagan ustozining fanini ham o'rgangisi kelmaydi.

@tarbiyachi_blog

Send as a message
Share on my page
Share in the group