UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Muhammad Sodiqdek bo'lolmagan bo'lsang ham, Muhammad Yusufdek bo'lishga intil!

Translation is not possible.

Eri vafot etdi. Ayoli uning ko’ylagini savobi yetib tursin deya o’ziga joynamoz qilib oldi.

Shunday bir sevgi, shunday bir muhabbat!

Telegram | Muhammad Qodir

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin

Mo'minlik da'vosin qilar munofiq,

Munofiqlar soni mo'mindan ortiq.

Iymonin chaqaga qilganda tortiq,

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Poraxo'r mansabga chiqar bemalol,

Sudxo'rlar qilmishi kelmaydi malol.

Davom etar ekan mana shu ahvol,

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Dayuslar ham xatto yurar gerdayib:

"Zamonga intilish emasku ayb!"

Faxshga botmagan kunni axtarib

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Dinning dushmanlari izlar xurofot,

Vatanni sotganga bordir mukofot.

Bundan ham ortiq bo'larmi ofat?

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Qalam yozishidan bezgani mahal,

Tajovuz qo'shini qilganda qamal.

Bekorga sinishi sezgani mahal

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Muhammad Qodir AbduLaziz

Telegram | Muhammad Qodir

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Ko'z yoshing daryo bo'ldi, jimgina qarab turdim,

Qalbing alamga to'ldi, menchi nafsim deb, yurdim.

Necha-necha jon o'ldi, so'z demay og'iz urdim,

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Uying, balki qalbingni, tilka-pora qilishar,

Jasad birla ruhingni tig' tekizmay tilishar,

O'zini go'yoki mard, bizni qo'rqoq bilishar,

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Qo'l cho'zasanki menga, yordam berar, deb hanuz,

Yengilaman, axir men nafsla kelsam yuzma-yuz.

Duoga yaramasam, men g'ofildan umid uz,

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Sening qalbingda Alloh, menda-chi, foniy dunyo,

Nusrat juda yaqindir, keladi erta go'yo.

Ammo menda uzr yo'q, aytchi, sabab bormi yo?

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Muhammad Qodir Abdulaziz

14.10.2023

Telegram | Muhammad Qodir

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Chiday olmadim

Chidadim, dushmanlar qilsa malomat,

Har turfa o'yindan hanuz tolmadim.

Ammo firqa-firqa bo'linsa ummat,

Bu ummat holiga chiday olmadim!

Kofir, deb atashib bir-birin so'ysa,

Dinidan nafsini ustunlab qo'ysa,

Yovlar nonini yeb qorinlar to'ysa,

Bu ummat holiga chiday olmadim!

Dushman der burchakda asta kuzatib:

"Endi bu yarani bo'lmas tuzatib!"

Alamdan yosh olgan ko'zlarim artib,

Bu ummat holiga chiday olmadim!

Qachondir bo'lgandi dunyoga xoqon,

Bugun qoqilganda har ishda har on,

Mazlum bir oh, demay yutganida qon,

Bu ummat holiga chiday olmadim!

Men ham ummatmi, deb tutgandim qalam,

She'rlarim satrini band etdi alam.

Sizga qayg'u bilan so'zladim shu dam,

Bu ummat holiga chiday olmadim!

Muhammad Qodir Abdulaziz

21.12.2023

Send as a message
Share on my page
Share in the group