Translation is not possible.

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin

Mo'minlik da'vosin qilar munofiq,

Munofiqlar soni mo'mindan ortiq.

Iymonin chaqaga qilganda tortiq,

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Poraxo'r mansabga chiqar bemalol,

Sudxo'rlar qilmishi kelmaydi malol.

Davom etar ekan mana shu ahvol,

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Dayuslar ham xatto yurar gerdayib:

"Zamonga intilish emasku ayb!"

Faxshga botmagan kunni axtarib

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Dinning dushmanlari izlar xurofot,

Vatanni sotganga bordir mukofot.

Bundan ham ortiq bo'larmi ofat?

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Qalam yozishidan bezgani mahal,

Tajovuz qo'shini qilganda qamal.

Bekorga sinishi sezgani mahal

Qiyomatga tayyor bo'lmoqda zamin!

Muhammad Qodir AbduLaziz

Telegram | Muhammad Qodir

Send as a message
Share on my page
Share in the group