Translation is not possible.

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Ko'z yoshing daryo bo'ldi, jimgina qarab turdim,

Qalbing alamga to'ldi, menchi nafsim deb, yurdim.

Necha-necha jon o'ldi, so'z demay og'iz urdim,

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Uying, balki qalbingni, tilka-pora qilishar,

Jasad birla ruhingni tig' tekizmay tilishar,

O'zini go'yoki mard, bizni qo'rqoq bilishar,

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Qo'l cho'zasanki menga, yordam berar, deb hanuz,

Yengilaman, axir men nafsla kelsam yuzma-yuz.

Duoga yaramasam, men g'ofildan umid uz,

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Sening qalbingda Alloh, menda-chi, foniy dunyo,

Nusrat juda yaqindir, keladi erta go'yo.

Ammo menda uzr yo'q, aytchi, sabab bormi yo?

Sendan uzr so'rashga haqim yo'q, Falastinim!

Muhammad Qodir Abdulaziz

14.10.2023

Telegram | Muhammad Qodir

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group