UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Teacher Sayid

Translation is not possible.
#foydaly
 
“Til o‘rganishda eng qiyin narsa nima?”
 
Javoblar juda ko‘p va turli xil bo‘ldi. Kimdir uzoq vaqt davom ettirish qiyin dedi, kimdir tez chalg‘ib ketishini aytdi, boshqalar so‘z yodlash yoki dangasalikni sabab qilib ko‘rsatdi. Ba’zilar esa xohish yo‘qligini, aniq maqsad bo‘lmasa o‘rganish qiyinligini yozdi.
 
Lekin hamma javoblarni diqqat bilan o‘qib chiqsam, bitta muhim narsani payqadim: hech kim grammatikani muammo deb aytmadi. Hech kim “tilning o‘zi juda qiyin” demadi. Demak, muammo tilning o‘zida emas.
 
Ko‘pchilik o‘ylaydi: til o‘rganish uchun ko‘p so‘z yodlash va ko‘p practice qilish kerak. Bu to‘g‘ri, lekin bu yetarli emas. Asosiy muammo — bu ishlarni har kuni, chalg‘imasdan bajarish.
 
Masalan, so‘z yodlash qiyin emas. Har kim yodlashi mumkin. Lekin muammo shundaki, bugun yodlaysan, ertaga esa telefon chiqib qoladi, kayfiyat bo‘lmaydi yoki “keyin qilaman” deysan. Practice ham shunday. O‘tirib qilsa bo‘ladi, lekin doimiy bo‘lishi qiyin.
 
Buning eng katta sababi — telefon va ijtimoiy tarmoqlar. Telefon o‘zi yomon emas, lekin u diqqatni juda tez bo‘ladi. Bitta xabar keladi, bitta video chiqadi, keyin vaqt qanday o‘tib ketganini bilmaysan. O‘qishga o‘tirgan bo‘lasan, lekin haqiqiy o‘rganish bo‘lmaydi.
 
Shu sabab ko‘p bolalar “til qiyin ekan” degan xulosaga keladi. Aslida esa til qiyin emas. Qiyin narsa — 20–30 daqiqa jim o‘tirib, bitta narsaga diqqat qilish.
 
Yana bir muammo — xohish. Ko‘pchilik “menda xohish yo‘q” deydi. Lekin xohish osmondan tushmaydi. Xohish natijadan keladi. Natija esa intizomdan. Avval har kuni ozgina qilasan, keyin kichik natijani ko‘rasan, shunda xohish paydo bo‘ladi.
 
Til o‘rganishda eng muhim narsa — mukammal reja yoki qimmat kurs emas. Eng muhim narsa — oddiy odatlar. Har kuni bir vaqtda o‘tirish, telefonni chetga qo‘yish, kam bo‘lsa ham davom ettirish.
 
Agar sen har kuni 20–30 daqiqa shunday o‘rganishni odat qilsang, vaqt o‘tib tiling ochila boshlaydi. Sekin bo‘lsa ham, oldinga siljish bo‘ladi.
 
Xulosa shuki, til o‘rganishda eng qiyin narsa — tilning o‘zi emas. Eng qiyin narsa — diqqat va intizomni saqlab qolish. Shu ikkisini uddalasang, qolgan hammasi keladi.
 
Oxirigacha to'liq o'qiganlar uchun katta raxmat.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
O'quvchilarimni kuzatish orqali, bugungi kinda yoshlarni, bo'lib ham maktab o'quvchilarini aqlini zaiflashtirayotgan top 3 dona platformalarni ro'yxatini tuzdim:
 
1. TikTok
Filtrlanman ma'lumotlar, befoyda va fahshga targ'ib qiladigan "content" ga to'lib yotibdi.
 
2. Instagram
O'zini"mashxur" deb erkak-sifat xotinlar va xotin-sifat erkaklar uchun axlat bilan to'lgan miyalaridagi bemani fikrlarini to'kish uchun Instagram tayyor paligon sifatida ishlamoqda.
 
3. ChatGPT
Shu balo chiqqanidan beri bolalar miyalarini ishlatmay qo'yishdi. Xatto oddiygina tabrik yozish uchun ham undan yordam so'rashyapti.
 
yana bilmadim....
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Alhamdulillah for everything
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Исломимизни айблашади. Айб бўлса бизда.
Ўзи исломимизни биздан бошқа айби йўқ..
 
©️ Мубашшир Аҳмад
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Бир кишига насиҳат қилсанг у сенга: «Ҳозир кўпчилик шундай қиляптику?» деса, унга қуйидагича жавоб бер:
«Қуръони каримдан
«Одамларнинг кўпчилиги» деган сўзни қидирсанг,
«Одамларнинг кўпчилиги билмайди»,
«Одамларнинг кўпчилиги шукр қилмайди»,
«Одамларнинг кўпчилиги иймон келтирмайди» деган оятларни топасан.
«Уларнинг кўпчилиги» деган сўзни қидирсанг,
«Уларнинг кўпчилиги фосиқлардир»,
«Уларнинг кўпчилиги жоҳиллардир»,
«Уларнинг кўпчилиги юз ўгирганлардир»,
«Уларнинг кўпчилиги ақл ишлатмайдиганлардир»,
«Уларнинг кўпчилиги эшитмайдиганлардир», деган оятларни топасан.
Кел дўстим, яхшиси Аллоҳ таоло зикр қилган мана бу озчиликлардан бўлақол:
«Бандаларимнинг шукр қилувчилари оздир»
(Сабаъ сураси, 13 оят).
«У билан бирга иймон келтирганлар жуда оз эди»
(Ҳуд сураси, 40 оят).
«…жаннатлардадир. Аввалгилардан кўпчилик, охиргилардан озчилик»
(Воқеъа сураси, 13 оят).
Кўпчилик ҳар доим ҳам ҳақнинг меъёри, ўлчови бўлавермайди».
Send as a message
Share on my page
Share in the group