Faqat ovqat emas!
— Bugun tushlikka(obedga) nima ovqat yeymiz?
— Choyxonaga nima ovqat qilib berasan?
— Qornim ochdi nima yeymiz?
— Necha kilo(gramm) osh damladinglar?
Hayotimiz ovqat atrofida aylanib qolayotgandek emasmi?
Aslida yashash uchun yeyilmas edimi, yeyish uchun yashayotgandek bo\'lmayapmizmi?
Shu savollarni barchamiz o\'zimizga beraylik, hayot mazmuni bu emas, bu ehtiyoj xolos.
Qo\'y go\'shtining qo\'l qismini Rosululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshi ko\'rganlar deb bilamiz. Bu to\'g\'ri, lekin sababi nima edi?
Ustoz Husayn Buxoriy bir suhbatlarida Oisha onamiz buni shunday tushuntirib berganlar deb aytgan edilar: Sababi qo\'l go\'shti tez pishadigan joyi bo\'lar ekan, vaqtni tejash uchun go\'shtning shu qismini sevib iste\'mol qilgan ekanlar.
Mana gap qayoqda ekan!
Go\'shtning shu joyi mazali bo\'ladi deb emas yoki go\'shtning shu joyi steykbop deb emas, aynan tez pishgani uchun. Biz ko\'proq vaqt ovqatga sarflayapmiz-u, bizga o\'rnak zot ovqatga iloji boricha kam vaqt sarflaganlar. Shuning uchun ham yo\'lovchidek oz fursatda tanovul qilganlar.(Ovqatlanishda qanday o\'tirganlari ham shunga dalolat qiladi*).
Undan tashqari insonga belini tutib turishga yetadigan yegulik yetishini, ko\'proq tanovul qilmoqchi bo\'lgan inson oshqozonni uch qismga bo\'lib, bir qismga taom, bir qismini ichimlik uchun, bir qismini havo uchun ajratishini aytganlar. Kim shunday qilyapti ekan-a hozir?
Yevropalik tabib shu hadisni o\'qiganda tibbiyotning yarmiga shu hadis kifoya ekan-ku degan ekan!
Xulosa qilib eslatma qilamiz: o\'zimizni o\'nglaylik, hayot mazmuni faqat taomda emasligini tushunaylik.
*U zot ovqatlanganda bir oyoqlari ustiga o\'tirib, ikkinchi oyoqlarini qoringa yaqinroq qilib bukkan holatda bo\'lganlar.
02.01.2025
Faqat ovqat emas!
— Bugun tushlikka(obedga) nima ovqat yeymiz?
— Choyxonaga nima ovqat qilib berasan?
— Qornim ochdi nima yeymiz?
— Necha kilo(gramm) osh damladinglar?
Hayotimiz ovqat atrofida aylanib qolayotgandek emasmi?
Aslida yashash uchun yeyilmas edimi, yeyish uchun yashayotgandek bo'lmayapmizmi?
Shu savollarni barchamiz o'zimizga beraylik, hayot mazmuni bu emas, bu ehtiyoj xolos.
Qo'y go'shtining qo'l qismini Rosululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshi ko'rganlar deb bilamiz. Bu to'g'ri, lekin sababi nima edi?
Ustoz Husayn Buxoriy bir suhbatlarida Oisha onamiz buni shunday tushuntirib berganlar deb aytgan edilar: Sababi qo'l go'shti tez pishadigan joyi bo'lar ekan, vaqtni tejash uchun go'shtning shu qismini sevib iste'mol qilgan ekanlar.
Mana gap qayoqda ekan!
Go'shtning shu joyi mazali bo'ladi deb emas yoki go'shtning shu joyi steykbop deb emas, aynan tez pishgani uchun. Biz ko'proq vaqt ovqatga sarflayapmiz-u, bizga o'rnak zot ovqatga iloji boricha kam vaqt sarflaganlar. Shuning uchun ham yo'lovchidek oz fursatda tanovul qilganlar.(Ovqatlanishda qanday o'tirganlari ham shunga dalolat qiladi*).
Undan tashqari insonga belini tutib turishga yetadigan yegulik yetishini, ko'proq tanovul qilmoqchi bo'lgan inson oshqozonni uch qismga bo'lib, bir qismga taom, bir qismini ichimlik uchun, bir qismini havo uchun ajratishini aytganlar. Kim shunday qilyapti ekan-a hozir?
Yevropalik tabib shu hadisni o'qiganda tibbiyotning yarmiga shu hadis kifoya ekan-ku degan ekan!
Xulosa qilib eslatma qilamiz: o'zimizni o'nglaylik, hayot mazmuni faqat taomda emasligini tushunaylik.
*U zot ovqatlanganda bir oyoqlari ustiga o'tirib, ikkinchi oyoqlarini qoringa yaqinroq qilib bukkan holatda bo'lganlar.
02.01.2025