Translation is not possible.

#mentugatgankitob_2024

1.Daftar xoshiyasidagi bitiklar

Muallif: O'tkir Xoshimov

Ushbu kitobni qisman maktab paytimda o'qigan edim. Mana oradan taqriban 10 yil o'tib to'liq o'qishga muvaffaq bo'ldim.

Kitob muallifning ko'rgan bilganlari, qisqa xulosalari, qisqa hikoyalardan iborat. Umuman olganda kitobdan ancha foyda olsa bo'ladi, yaxshi kitob. Ayniqsa urush, zino kabi mavzulardagi fikrlarini o'qib muallifga xurmatim oshdi.

Agar kitobni o'qimagan bo'lsangiz, o'qib chiqishni tavsiya etaman. Ishoning uncha-muncha "zamonaviy" adabiyotlardan yaxshiroq kitob ekan.

2.Go'zal o'rnak

Muallif: Odinaxon Muhammad Sodiq

Bu kitobni ikkinchi marotaba o'qishim. Avval ham aytganimdek, bir kitobni bir necha marotaba o'qish juda foydali hisoblanadi.

Rasululloh tavallud topgan Rabi'ul avval oyida u zot haqida biron kitob o'qishga harakat qilaman va sizlarga ham shuni tavsiya etaman.

Bu kitobda Rasululllohning tadbirlari, axloqlari, ba'zi holatlardagi munosabatlari bizning holat bilan solishtirib tushuntirib berilgan. Qisqaroq aytsam Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan o'rnak olishimiz kerak bo'lgan juda o'rinlarni ko'rsatib, hadislar ila tushuntirib berilgan. Qolaversa kitobning muqovasi ham menga juda yoqadi 😊

Xullas ushbu kitobni o'qishni juda qattiq tavsiya etaman.

P.S. 1-kitob rasmi yo'q)

01.10.2024

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group