Translation is not possible.

\"Bilmayman\" ilmi

Ustozlar \"bilmayman\" deya bilish ilmning yarmidir deyishadi.

Imom Molik rohimahulloh shunchalik olim bo‘lishlariga, mujtahid bo‘lishlariga qaramasdan, ko‘pincha “Bilmayman” der edilar.

U kishining Haysam ibn Jamiyl degan shogirdlari quyidagi voqeani rivoyat qilgan: “Imom Molik rahimahullohdan bir kuni qirq sakkizta mas’ala so‘raldi. U kishi oltita mas’alaga javob berdilar va qolgan qirq ikkita mas’ala xususida esa, “Bilmayman” dedilar”.

O\'zi oz narsa bilgan odam ko\'p narsani bilyapman deya, \"sayrayveradi\". Aslida esa bilgan narsasi juda oz narsa bo\'ladi.

Ko\'p narsani biluvchilar esa, bilganlari sayin bilimsizliklarini his etib boradilar, shuning uchun ham huda behudaga gapiravermaydilar. Aytishadik-u, kichik irmoqlar jilvirab ovoz chiqarib oqadi, katta dengizlar sokin ovoz chiqarmay oqadi.

Shunday ekan, ilm ila bilmagan narsamizni \"bilmayman\" deya olishni o\'rganishimiz, bilmagan narsalarimizni o\'rganishga harakat qilishimiz kerak!

07.11.2024

@dostonblog

Send as a message
Share on my page
Share in the group